I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
– savol: Vayronkor g’oya nima? Javob
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25 – savol
- 1 – jadval “Ma’naviyatli odam kim” mavzusidagi mashg’ulotda kichik guruhlarning to’plagan ballari haqida M A ‘ L U M O T
- Savol-lar № KICHIK GURUHLAR NOMLARI VATANPARVAR
- 4.1. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasining metodik ta’minot bosqichi. Ushbu mashg’ulot texnologiyasida ma’naviyat haqida suhbat, tushuntirish, bahs – munozara metodlaridan
- 5. Kutiladigan natijalar – xulosalash bosqichida
- 6. Natijalar tahlili va tavsiya - yakunlash bosqichida
- 3. 2. “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz”mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi
24 – savol: Vayronkor g’oya nima?
Javob: “MA’NAVIYAT” guruhi – bu turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch g’oyalarga ergashtiruvchi, ularning kuch – qudratini buzg’unchilik va jamiyatga yo’naltirilgan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g’oyaga aytiladi. 25 – savol: Ogohlik nima? Javob: “VATANPARVARLIK” guruhi –dunyoda, yon – atrofda bo’layotgan o’zgarishlardan, odamlar va xalqlarning orzu – intilishlaridan doimiy boxabar bo’lib yashashdir. Tarbiyachi savol – javoblardan kelib chiqqan holda “Ma’naviyatli odam kim?” va “Ma’naviy qashshoq odam kim?” degan savollarga umumiy javobni shakllantiradi va ularni bolalarga ma’qullatib oladi. Eslatma: Bu yerda bolalar javoblariga ozgina sayqal berildi. Mazkur jarayonda kichik guruhlar yiqqan ballari hisoblanib va ularning egallagan o’rinlari ham belgilanib qo’yildi (Bu darsdan oldin hisobchi tayinlanib, unga hisobni olib borish topshiriladi). Ular quyidagi 1 – jadvalda aks ettirilgan. 1 – jadval “Ma’naviyatli odam kim?” mavzusidagi mashg’ulotda kichik guruhlarning to’plagan ballari haqida M A ‘ L U M O T
4.1. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasining metodik ta’minot bosqichi. Ushbu mashg’ulot texnologiyasida ma’naviyat haqida suhbat, tushuntirish, bahs – munozara metodlaridan foydalanildi. Mashg’ulotning “4.2 – mashg’ulot shakli” qismida kichik guruhlarga tizimlashtirish va ularga mos nomlar qo’yish bilan chegaralanadi. Mashg’ulotda 4.3. – qismida ko’rsatilgan tarqatma materiallar (vositalar) dan foydalanildi. Mashg’ulotning 4.4. – qismi bo’yicha tarqatma materiallar bilan ishlash usulidan foydalanildi va 4.5. – qismida esa guruh ishini kuzatish nazorat ishi qo’llanildi. Mashg’ulotning 4.6. – qismida baholashga jadval tayyorlab o’rinlar belgilanib qo’yildi. 5. Kutiladigan natijalar – xulosalash bosqichida har bir kichik guruh bo’yicha maksimal olinishi mumkin bo’lgan ball ularga tushuntirilgan edi. Kichik guruhlar mashg’ulotga befarq emasliklarini namoyon qila oldi. Har bir savolga 4 balldan, jami 25 ta savolga 100 ball to’planishi kerak edi. 100 ball yig’ildi. Ular asosida jadval tuzib har bir kichik guruhning egallagan ballari aniqlanib, ular jadval ko’rinishida ifodalanib qo’yildi. 6. Natijalar tahlili va tavsiya - yakunlash bosqichida kichik guruhlarning to’plagan ballari bo’yicha o’rinlari belgilandi. Ular quyidagicha bo’ldi: 1. “Ma’rifat” guruhi 28 ball to’pladi – 1 o’rin. 2. “Ma’naviyat” guruhi 21 ball to’pladi – 2 o’rin. 3. “Madaniyat” guruhi 19 ball to’pladi – 3 o’rin. 4. “Vatanparvar” guruhi 16 ball to’pladi – 4 o’rin. 5. “Oriyat” guruhi 16 ball to’pladi – 4 o’rin. “Vatanparvar” va “Oriyat” guruhlari teng ball to’plagani uchun ular bir xil o’ringa, ya’ni 4 – o’ringa munosib deb topildi. O’rinlarga mos tavsiyalar berildi. Bu javoblar tahlili bilan bog’liq bo’lib, keyinchalik nimalarga yanada ko’proq e’tibor berish kerakligi tavsiya qilinadi. Yakunlash bosqichida o’rinlarga mos rag’batlantiruvchi omillar (maqtov yorliqlar, kitoblar, globus va aqliy faoliyatni rivojlantirishga mos o’yinchoqlar) topshirildi. Mashg’ulot oxirida tarbiyalanuvchilarga quyidagi tartibda savollar berib, ularga mos javoblar olindi: Sizga nima yoqdi? Nima uchun? Sizga nima yoqmadi? Nega? Siz bu mashg’ulotda nimani bilib oldingiz? Siz “Ma’naviyatli odam kim?” - degan savolga javob topa oldingizmi? Siz “Ma’naviy qashshoq odam kim?” - degan savolga javob topa oldingizmi?. Tarbiyachi savol – javoblar tugagach dars oxiriga yetganligini e’lon qilib, “Hammaga rahmat! Xayr sog’ bo’linglar!” – deb mashg’ulotni tugatadi. 3. 2. “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz?”mavzusi bo’yicha “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi “Qahramonlik kishilardagi jasorat va fidoyilikning uyg’unlashgan ko’rinishi bo’lib, u jamiyat taraqqiy-otiga ham muhim turtki bo’la oladi” Xolbo’ta To’raqulov Bizning mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat – siyosatining ustivor yo’nalishlariga aylantirilgan. Hukumatimiz bolalar tarbiyasi va ularning ham jismonan, ham ma’nan barkamol bo’lishiga katta e’tibor bermoqda. Bu uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etilishidan ham sezilib turadi. Bu ayniqsa, MTM dan yaqqol seziladi. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan, maktabgacha tarbiyani maktabgacha ta’lim, deb ataladigan bo’ldi. MTM da tarbiyalanadigan bolalarga ta’lim – tarbiya berishda murabbiy va tarbiyachilar sezgirlik va g’amxo’rlikni talabchanlik bilan, pedagogik mahorat, bilim va tajribalarni o’zlarida mujassamlashtirishi kerak. Bularning hammasi MTM da faoliyat yurituvchilardan kasbiy tayyorgarlik, doimiy ijodkorlik va insonparvarlik, ko’ngil kengligi va saxiylik, ehtiros va mehribonlik, shuningdek, maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Bunga sabab, MTM da bolalar jamoasini jipslashtirishga to’g’ri keladi, ular bilan qiziqarli faoliyat yuritishni, bu ishldarda ishtirok etish, tarbiyaning turli shakllari va usullarini bilish, nafaqat bilish, balki undan foydalana olish – bir qaraganda oddiy ko’ringani bilan, aslida juda qiyin, zero bular hammasining diqqat markazida tirik odam bola shaxsi turibdi. Bu tarbiyachi va murabbiylaridan pedagogika va psixologiya bilimlari asoslarini, pedagogik va aktyorlik mahoratini, pedagogik muloqot, boshqaruv, shuningdek, MTM faoliyatining xususiyatlari haqidagi bilimlarni talab etadi. Bunday talablar haqida mazkur tadqiqot ishimizning “2.5– “Ma’naviyat saboqlari” darslariga metodik tayyorgarlik”, deb nomlangan qismida va 3.1 – qismidagi 1 – jadvalda batafsil ma’lumot berilgan. Endi quyida ular asosida tashkil etilgan bir dars ishlanmasini beramiz. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling