I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Abdulla Oripovning har bir chiqishi xalq bayramiga darajasigacha ko’tarildi”
Oripov Abdulla
Abdulla Aripov bugungi o’zbek adabiyoti osmoniga yorqin yulduzdir. U jahonning qasridan qarasak ham yaqqol ko’rinib turadigan shoirlar shoiridir, uning ijodi esa odamlarning bayramona kayfiyatini yuzaga chiqaruvchi ilhomlantiruvchi kuchdir. Mashhur shoir Qaysin Quliyev Abdulla Oripovning xalq oldida chiqishlariga shunday baho bergan edi: “Abdulla Oripovning har bir chiqishi xalq bayramiga darajasigacha ko’tarildi”. Abdulla Oripov o’zining kelib chiqishini soddagina qilib quyidagicha ifodalaydi: “Ota tarafdan katta bobolarim Norboy bobo, Boymurod bobo, Ubaydulla Bobolar bo’lishgan. Undan keyin mening otam Orif bobo”. Abdulla Oripov to’g’risida Yo’ldosh Sulaymon shunday yozadi: “Abdulla Oripov shunday salobatli, shunday salohiyatli ulkan daraxtki, uning keng ko’lamli soyasidan biz, Yozuvchilar uyushmasi xodimlari ham bahramandmiz. U bir jamoada ishlaydigan kishilarning bir – biriga bo’lgan hurmat – oqibati eng avval intizomga rioya qilishdan boshlanishini ba’zan – ba’zan eslatib turadi. Zarurat tug’ilganda har bir ijodkor, har bir xodim uchun o’z vaqtini, o’z imkoniyatini ayamaydi” [O’zbekiston qahramonlari. .... (B. 25. 258 – 259 b.]. Mustaqillik qahramonlari obrazlarini yaratish, mustaqillik farzandlarini ana shu fidoyi insonlar ibrat – namunasi asosida tarbiyalash adabiyotimiz oldida turgan dolzarb masalalardandir. Shu sababli ham hozirgi davrdagi yozuvchilarimiz va shoirlarimizning asarlaridagi bosh g’oya - Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi bunyodkor g’oyalarni tarannum etishdan ibrat bo’lmog’i kerak. Ana shunday talabalarga labbay, deb javob beradigan shoirlarimizdan biri – qahramonimiz Abdulla Oripovdir. Muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov qahramonimiz to’g’risida quyidagicha fikrni aytgan edi: “Ma’naviy kelajagimiz. Farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov ijodisiz ham ko’z oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda ham uning she’rlari xalqimizni adolat tantanasi, yorug’ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil bo’lib xizmat qilmoqda” [25. 271 b.]. Abdulla Oripovning “O’zbekiston qahramoni” bo’lgan kungi ichki tuyg’usiga bir e’tibor beraylik. Uni ikki yo’nalishda ifodalab, keyin u kishi to’g’risida xulosaviy fikr bildirilsa yaxshi bo’ladi. O’sha kuni u ishdan erta qaytib, uyga shoshildi. Uning ichki tuyg’usini quyidagicha ifodalasa bo’ladi: “Shohruh Mirzo shu yerdalar. Bu – butunlay boshqacha bo’ladi. Men yetishmagan balandlikka u chiqadi, - deya nevaralarini bir kun ko’rmasa sog’inishini, ular bilan yayrashini ko’nglidan o’tkazdi. – Bibi xonim bilan Zebuniso – chi? Boshqalarchi? Qani, hammasi kelgan bo’lsa edi! Shoira bilan Zarifani to’rt kundan beri ko’rganim yo’q, mayli, tez – tez kelishmasa ham tinch yashashsa bo’ldi.... Mavluda, Ruxsora, ey, jonimga malham qizlarim, Sizlarning baxtli beka bo’lishlaringni tilayman. Yo Xudo, ularga baxt ato et. Yo, xudo o’zingga shukur”. Buni uning dastlabki ichki tuyg’usi desak, ikkinchi ichki tuyg’usi yanada ta’sirli edi. U Abdulla Qodiriyni, Cho’lponni, Fitratni, Behbudiyni, Usmon Nosirni o’yladi, ularga bo’lgan mehrini, istiqlol baxtidan shodumonligini izhor etdi: “Ozodlikni ko’rish, mustaqillik bag’rida ijod qilish bizga nasib etdi”. “Ha, Sizga, sizlarga nasib etdi, - Qodiriyning ovozi kelganday, unga boshqalari ham qo’shilganday bo’ldi. – Siz baxtlisiz, Siz omadlisiz, Abdullajon, istiqlol bag’rida yashayapsiz. Uni asranglar. U – jonni tikib asrashga arziydigan buyuk ne’mat”. - Asrayapmiz, uni jonimizni o’rtaga qo’yib turib asrayapmiz, -Abdulla Oripov xuddi ro’parasida kimlardir turganday ikkala qo’lini beixtiyor musht qilib ko’tarib, silkitdi, - butun O’zbekiston ko’ksida mustaqillik tuyg’usi yonyapti...... Bobosini olisdan ko’rib qolib, birin – ketin qoqilib – surinib chopib kelayotgan nevaralariga ko’zi tushib ularga talpinib: - Ana – ana kelajak, meni kutgani kelayapti, - dedi u o’ziga o’zi. Abdulla Oripov ularga quchoq ochib borar ekan, vujud – vujudini ajoyib bir orom shirin – shirin titratdi. Abdulla Oripov to’g’risida ushbu ma’lumotlar Yo’ldosh Sulaymonning “O’zbekiston Qahramonlari” nomli kitobidagi “Malik ush - shuaro” mavzusidagi ocherkidan foydalangan holda tayyorlandi. [25]. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling