I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Alisher Navoiy
Mirzo Ulug’bek. Mirzo Ulug’bek buyuk Muorounnahr davlatining shuhratini va qudratini butun dunyoga yoyishda qahramonlik ko’rsatdi. U Markaziy Osiyoda birinchi dorilfunni ochdi. Unda talabalarning ommaviy o’qishi tashkil etildi va unda o’zi ham dars berdi. Mirzo Ulug’bekning observatoriyasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ham o’ziga xos akademiya edi. U ham birinchilardan bo’lib tashkil etildi. Ulug’bek nomiga Samoda yulduzlar qo’yildi va uning qilgan ishlari bo’yicha, u munajimlar xudosi Uroniya yonidan joy oldi. Bularning hammasiga yetish uchun undan nafaqat fidoyilik va jasorat talab qilindi, balki qahramonlik qilish ham talab qilingan edi. Chunki, o’sha paytdagi taraqqiyot dushmanlari, “Din peshvolari” niqobidagi dushmanlar Mirzo Ulug’bekka tish tirnog’i bilan qarshi edi. Mirzo Ulug’bekni xalqimiz qahramoni demay, kimni deymiz.
Mirzo Bobur. Mirzo Bobur Temuriyzodalardan. Uning ismidagi Bobur – Sheryurak, degan ma’noni anglatadi. Uning qahramonligi haqida quyidagi fikrni keltirish yetarli deb o’ylaymiz. “... Amir Temur bilan Mirzo Bobur faoliyatidagi o’xshashliklardan quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Birinchidan, ikki sarkarda ham jamiyatning yuqori tabaqasi vakili; ikkinchidan, Temur ham Bobur ham yoshligidan toju – taxt uchun kurashni boshlagan; uchinchidan, ularning asosiy maqsadi imperiya tuzish edi va bu niyat amalga oshirildi; to’rtinchidan, ikkala davlat arbobining ham faoliyati xalq tinchligi, yurt obodligi uchun kurashga qaratilgan edi; beshinchidan, Temur ham, Bobur ham keng ma’lumotli, tarix, fiqh, falsafa va adabiyotni yaxshi biladigan kishilar bo’lgan. Ularning bizga qoldirgan asarlari (“Temur tuzuklari”, “Boburnoma”, ...) keng qamrovli ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi; oltinchidan, ilm ahliga, hunar sohiblariga alohida e’tibor, yaratuvchilik faoliyatlari ham o’zaro hamohang. Qolaversa, ularning axloq me’yorlari ham ko’p hollarda uyg’un ekanligini ta’kidlash lozim. Amir Temur va Mirzo Boburning oddiy inson, dovyurak sarkarda, qudratli hukmdor sifatidagi o’xshashliklari ham, o’ziga xosliklari ham ko’p. Ammo, ular bitta yurt, bir xalq, qolaversa, bir sulola vakili va mana shu yurt taqdirini o’z taqdiri deb bilgan, baholi qudrat uning yuksalishiga hissa qo’shgan insonlardir [...... Temur va Bobur // “Fidokor” gaz. – T.: 2006 (14.02.2006). – B. 3]. Amir Temur Bibixonimga atab Bibixonim masjidini qurdirdi. Shohjahon (1399 - 1404) suyukli rafiqasi Mumtoz mahalga atab “Tojmahal” maqbarasini qurdirdi. Ular dunyo mo’jizalaridan biri deb hisoblanadi. Ularning bunyodkorlik ishlari ham dunyoga mashhur. Ularning turmush tarzining har bir jihati xalqimizning buyuk qalb egalari ekanligidan dalolat berib turadi. Vatan tuyg’usini ko’proq Amir Temurda ko’rsak, Vatan sog’inchini ko’proq Mirzo Boburda ko’ramiz va hokazo bunday jihatlarni juda ko’plab topsa bo’ladi. Alisher Navoiy. Alisher Navoiyning qahramonligi shundan iboratki, u o’zbek tilini to’liq iste’molga kiritdi va unga asos soldi. Adolatli jamiyat qurish nazariyasini yaratdi. She’riyat mulkining sultoni bo’ldi. O’zbek tilida ham chiroyli va mukammal “Hamsa” asar yaratish mumkinligini isbotladi. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflagani ham bejiz emas: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” [2. 47 - b]. Xullas, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixidagi “Oltin davr”ni tashkil etilishiga munosib hissa qo’shgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning faxri va g’ururini, shonu – shuhratini dunyoga ma’lum va mashhur qilgan komil insondir. Uning bilan xalqimiz haqli ravishda g’ururlanadi va faxrlanadi. Bu qahramonimiz suvrat va siyratiga ayrim chizgilar xolos. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling