I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet75/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

BIRINCHI BOSQICH: Murabbiy yoki tarbiyachi bolalarga quyidagidek murojaat qilib, ma’lumotni bayon qilishga o’tadi.
Aziz bolajonlar! Yaxshilab o’tirib oldilaringmi? Mashg’ulotni boshlaymizmi? Men sizlarga qahramonlik to’g’risida qiziqarli fikrlarni aytib beraman. Ular bizlarning erkin va farovon hayotda, Erkin va obod Vatanda tinch – osoyishta yashashlarimiz uchun o’z jonlarini ham ayamay Vatanimiz dushmanlariga qarshi kurashganlar. Ular haqida juda qiziq ma’lumotlar bor. Sizlarga ular haqida aytib beraymi?
Hozir men sizlarga dastlab tarixiy qahramonlarimiz haqida birma – bir so’zlab beraman. Shuni unutmanglarki, bolalar! Qahramonlar har doim kerak. Ular orqali jamiyat taraqqiyoti tezlashadi. Bu haqda ko’plab kinolar ham ishlangan. Uning ba’zilarini sizlar ham ko’rgansizlar.
Tarixdan ma’lumki, zardo’shtlik dini dunyoning eng tarixiy dinlaridan biri. Zardo’sht (ba’zi manbalarda Zardo’shtra, Zaroastr), degan nom ushbu din asoschisining nomi bo’lib, u donishmand munajjim bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra, donishmand Zardo’sht 30 yoshlar atrofida mazkur ta’limot bilan chuqur shug’ullanadi va bu ta’limot uning qalbidan mustahkam o’rin oladi. Natijada Zardo’sht tomonidan bayon etilgan, ya’ni shakllangan tushunchalar va ma’lumotlar bir tizimga keltirilib “Avesto” nomli muqaddas kitobning paydo bo’lishiga olib keladi.
Aziz bolajonlar bu ta’limotning yaratuvchisi Zardo’sht shunday qahramonlik ko’rsatdiki, uning ta’limoti bo’yicha Yer yuzidagi barcha yomonlik va yovuzliklarni temirni suvdek eritib, uning yordamida Yer qahriga kiritib yuborish kerak edi. U doimo yovuzlik ustidan ezgulik g’alaba qilishini targ’ib qildi. Odamni ham ruhiy jihatdan, ham jismoniy jihatdan toza tutish va Yer yuzini ham toza tutish uning ta’limotining asosiy g’oyalari edi.

  • Endi qahramonlarimizdan To’maris momomiz haqida ma’lumot beramiz. Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo’lboshchisi malika To’maris Kir II boshchiligidagi bosqinchilarga qarshi kurashda qahramonlik ko’rsatgan.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling