I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


“Ma’naviyat saboqlari” bo’yicha bahslar o’tkazishga oid didaktik materiallar


Download 0.68 Mb.
bet96/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

3.5.2. “Ma’naviyat saboqlari” bo’yicha bahslar o’tkazishga oid didaktik materiallar

Sog’lom bahs bolalarni noziklantirishga emas, balki ularni aqliy chiniqtirishga, mashq qildirishga, ularning faolligini oshirishga xizmat qilishi kеrak”.


Xolbo’ta To’raqulov



MTMda bolalarning o’zaro munosabatlarini yanada yaxshilash, bir – birlariga tezlik bilan ko’nikishlari uchun ba’zida bolalar o’rtasida sog’lom munozarali bahslarni tashkil etib turilsa bola tarbiyasi yanada samarali kechadi. Bunga sabab bahslar bolalarni o’z fikrlarini charxlab olishiga, hayotga va turli vaziyatlarga bo’lgan
munosabatlarini aniqlab olishga katta yordam beradi. Bahs mavzularini murabbiy yoki tarbiyachi va ayrim hollarda bolalarning o’zlari ham taklif etishi mumkin. Tanlangan mavzular bolalarni bahsga chorlovchi, muammoli, qiziqarli bo’lishi kerak, aks holda bahs davomida bolalar o’z fikrlarini bayon eta olmaydilar yoki bahsga qo’shilib o’z fikrlarini isbotlashga urinmaydilar.
Sog’lom bahsning ahamiyati shundaki, bolani bahs jarayonida ba’zi noto’g’ri fikrlarga qarshi kurashishga o’rgatadi va noaniq fikrlarga aniqlik kiritishni bola aynan bahs jarayonida amalga oshiradi. Shuningdek, bola atrofdagi bo’layotgan voqyealarga ongli ravishda qarab ularni to’g’ri sharhlashga, bahs jarayonida o’z fikrida qat’iy tura olishga, har bir fikrni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlab olishga hamda o’rtoqlari bilan suhbat qilish, bahslashish, o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish, ta’sir eta olish madaniyatiga o’rgatadi.
MTM da bahslar o’tkazishga alohida tayyorgarlik ko’rish lozim bo’ladi. Tayyorgarlik ko’rishda quyidagi ishlarga ko’proq e’tibor qaratish lozim:

  • bahs mavzusini tanlash;

  • bahsdagi maqsad va vazifalarni belgilab olish;

  • bahsning qismlarini va unga mos keladigan savollar ketma – ketligini aniqlab olish;

  • bolalarga bahs davomida muhokama qiladigan savollarni to’laroq yoritishga yordam bera oladigan qo’shimcha materiallar (hikoyat, rivoyat, hikmat, multfilm, videofilm va shu kabilar)ni tayyorlab qo’yish;

  • bahsni tashkillashtiruvchi (uyushtiruvchi) murabbiy va tarbiyachilarni (ayrim hollarda bolalarning o’zlaridan) tayyorlash;

  • bahs o’tkazadigan joyni mavzuga mos holda jihozlash.

Ushbu jarayonda bahsni olib boruvchilar (murabbiylar, tarbiyachilar, bolalar) oldida qator vazifalar turadi. Ularni taxminan quyidagilardan iborat, deb atash mumkin:
1. Boshqaruvchi xayolan mashg’ulot jarayonini o’zida oldindan loyihalashtirib olish kerak.
2. Boshqaruvchi bahslashishdan oldin qanday fikrlarni aytishni, ya’ni mashg’ulotning kirish qismini bayon qlishni rejalashtirib olish kerak.
3. Boshqaruvchining fikrini aniq, tushunishga oson va fikrlari bir – birini to’ldirib borishi kerak hamda beriladigan savollar mantiqan uzviy ketma – ketlikda bo’lishi kerak.
4. Boshqaruvchida o’zining fikrlarining to’g’riligiga, haqqoniyligiga, hayotiyligiga va bolalar yoshiga mosligiga aniq xulosaviy fikr bo’lishi kerak.
5. Boshqaruvchi faqat hayajonga soladigan fkrlar bilan chegaralanmasligi kerak va mashg’ulot jarayonida faqat aniq fikrlar bilan mashg’ulot o’tkazish kerak.
6. Boshqaruvchi hyech qachon o’zi bilmagan, o’zi ishonmagan fikrlar bilan bahsga kirishmasligi kerak, aks holda boshqaruvchi bolalar oldida o’z obro’yini yo’qotadi.
7. Boshqaruvchining o’zi xato fikr bildirgan bolaning ustidan hyech qachon kulmasligi, bolalarga ham o’sha bolani masxaralashga yo’l qo’ymasligi lozim.
8. Boshqaruvchi bahs davomida fikrlarning takrorlanaverishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
9. Boshqaruvchi yangi fikr bildirgan bolani o’sha paytdayoq olqishlab (barakalla, yasha, juda yaxshi degan so’zlar bilan) qo’yish kerak.
10. Boshqaruvchi bahs jarayonida nutq madaniyatiga, ayniqsa muloyim muomalaga qattiq e’tibor berish kerak.
11. Boshqaruvchi bahslashuvchilar shaxsiga hurmat bilan qarash kerak.
12. Boshqaruvchi dastlab bolalarga bahslashuv madaniyatini: navbat bilan gapirish, ruxsat so’rab gapirish, biri ikkinchisining gapini bo’lmasligi, har xil yoqimsiz qiliqlar qilish va kabilarni tushuntirishi kerak.
O’tkaziladigan bahs mavzularini tuzishda asosan “Ma’naviyat saboqlari” ruknidan chiqib ketmaslik kerak. Ular turli xildagi bolalar va yoshlar hayoti hamda jamiyatimizning ba’zi bir jihatlari haqidagi asarlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar bo’lishi mumkin.
Quyida ulardan ba’zilarining nomlarini keltiramiz:
1. Madaniyatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?
2. Ma’naviyatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?
3. Ma’rifatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?
4. Barkamol shaxs kim?
5. Sen qanday yashaysan?
6. Sog’lom turmush tarzi nima?
7. Haqiqiy do’st qanday bo’lishi kerak?
8. Illatlar inson kayfiyaiga qanday ta’sir qiladi?
9. Illat nima?
10. Ma’naviy qashshoq odam kim?
Endi quyida bahslarga oid didaktik materiallardan namunalar keltiramiz.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling