I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bilgan topib gapiradi, bilmagan qopib gapiradi”
Tush ta’biri haqida hikoyat.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida shunday hikoyat bor. Bir kuni shoh tush ko’ribdi. Tushida 32 tishining 31 tasi tushib ketganmish. Og’zida bittagina tishi qolgan emish. Shoh bu tishining ta’birini saroydagi donishmandlardan, ulomalardan so’rabdi. Bir donishmand tushini quyidagicha ta’birlabdi: - Ey, shohim, bu tushingiz ta’biri quyidagicha: Sizning qarindosh – urug’laringiz, farzandlaringiz, xotiningiz o’lib ketar ekan. Bitta o’zingiz qolar ekansiz. Bu ta’birni eshitgan shoh darg’azab bo’lib, hamma qarindosh – urug’larim, farzandlarim, xotinim olamdan o’tib ketsa, men yashab nima qilaman, deb jahli chiqib, jallodni chaqiribdi va haligi donishmandning boshidan judo qilishni buyuribdi. Farmon bajarilibdi. Shohning tushining ta’biridan ko’ngli to’lmabdi. Boshqa donishmandlarni ham jalb qilib, tush ta’biri bilan yana qiziqibdi. Ammo yuqoridagi donishmandning boshi tanidan judo bo’lganini ko’rib, donishmandlardan birortasining ham tushning ta’birini aytishga yuragi dov bermabdi. Saroydagi ulomalar, donishmandlar bu vaziyatdan chiqish uchun rosa o’ylashibdi. Oxiri shunday qarorga kelishibdi. Shaharning chekkasida bir donishmand yashaydi. Bir o’zi yashaydi. Shunga xabar beraylik. O’sha bizni qutqarishi mumkin. O’sha donishmandni topib, unga bo’lgan voqyeani tushuntirishibdi. Donishmand ularning suhbatini tinglab, takliflariga rozi bo’libdi. Donishmandni saroyga olib kelishibdi. U shoh huzuriga kamtarona, salom bilan kirib: - Shohim, ko’rgan tushlaringiz muborak bo’lsin, - debdi. – Bundan yaxshi tush bo’lishi mumkin emas. Buni qarangki, hamma qarindosh – urug’laringiz, oila a’zolaringiz hamma – hammasi uzoq umr ko’rishar ekan. Ammo ularning hammasidan ham uzoq umr ko’radigan o’zingiz ekansiz, shohim. Bunday shirin so’z, kamtarlik bilan, nazokatli, nafis bayon qilingan ta’birdan shohning ko’ngli ko’tarilib, xursand bo’libdi. Ulamolariga zar to’n va bir lagan oltin olib kelishlarini buyuribdi. Shunday qilib, shirinzabon, topqir donishmand sovg’a – salomlar bilan kulbasiga qaytibdi [8. 79 – 80 b.]. Ushbu rivoyatni o’rganib chiqish orqali bolalarda har bir fikrni asoslash, sharoitga qarab gapirish, har bir fikrning turli xil ma’nolari borligi va ular ichidan atrofidagi odamlarga to’g’ri keladiganini tanlab gapirish kerak ekanligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash mumkin bo’ladi. Mashg’ulot oxirida “Bilgan topib gapiradi, bilmagan qopib gapiradi” degan xalq maqolini keltirib o’tsangiz, mashg’ulotni xulosalashingiz samarali kechadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling