I bob. Maktabgacha ta`lim tashkilotida bola ta`lim-tarbiyasining asosiy omili sifatida


Download 208.5 Kb.
bet9/12
Sana13.05.2023
Hajmi208.5 Kb.
#1456182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
maktabgacha va boshlang\'ich umumiy ta`limning uzluksizligi

Musiqa mashg`ulotlarida: musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlar, qo`shiq aytish, bolalar cholg`u asboblarida chalish, turli harakatli o`yinlar o`rgatiladi.
Shuningdek, Ona Vatan, mashhur sarkardalar, buyuk siymolar, xalq amaliy san`ati, an`anaviy bayramlar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, buyumlar haqida bola o`z tanasining qismlarini o`rganish orqali boshlang`ich sinf ta`limiga tayyorlanadi. Bu bilim va ko`nikmalar bolalarni 1-sinfdagi tegishli o`quv fanlarini egallashlari uchun tayyorgarliklarini tashkil qiladi.
Ko`pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina, D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta`kidlashicha maktabgacha ta`lim tashkilotida va maktab ta`limidagi o`qitishdagi bog`liqlik maktabda fanlarni o`qitish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi. Shunday qilib maktabdagi o`qishga aqliy tayyorgarlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o`zaro bo`g`langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof-olam haqidagi anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o`quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o`quv materialini egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o`qishga jismoniy tayyorgarligi. Maktabda o`qishga tayyorgarlik bu – bolani maktabda muvaffaqiyatli o`qishi uchun asosiy negiz bo`lib hisoblanadi. Maktabga borish munosabati bilan bolaning kun tartibi, turmush tarzida jiddiy o`zgarishlarning paydo bo`lishi, darslarning davomiyligi jismoniy zo`r berishni keltirib chiqaradi. Maktabga jismoniy tayyorgarlik quyidagi omillarga bog`liq:

  • Bola salomatligining yaxshi bo`lishi;

  • Bola organizmining chiniqqanligi;

  • Ma`lum darajada chidamliligi va ish qobiliyatiga;

  • Kasalliklarga qarshilik ko`rsata olish xususiyatlariga bog`liq.

Bu bolaning jismoniy va nerv-psixologik uyg`un rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh ko`rsatkichlariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi).
Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda:

  • Jismoniy mashqlar va jismoniy o`yinlar;

  • Ertalabki badantarbiya mashqlari;

  • Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, irg`itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni saqlash) mashqlari;

  • Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo`l va yelka, oyoq, gavda uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda uchish va suzish);

  • Chiniqtirish va sog`lomlashtirish – gigyenik badantarbiya mashqlari, chiniqtirish, qomatni to`g`ri tutish ko`nikmasini tarbiyalash;

  • Ochiq havodagi sport o`yinlari (sakrab o`ynaladigan, irg`itib, ilib olib o`ynaladigan o`yinlar);

  • Ermak o`yinlar;

  • O`zbek xalq harakatli o`yinlari o`ynaladi.

  • Shuningdek, gigiyena va o`z-o`ziga hurmat:

  • Uxlash gigiyenasi;

  • Shaxsiy gigiyenasi;

  • Ovqatlanish gigiyenasi;

  • Madaniy gigiyenik ko`nikmalarni aniqlash va o`z-o`zini hurmat qilish (o`ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish).

Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikani rivojlantirish (ushlash, yopish, qirqish, bo`lish), qo`l barmoqlari va qo`llarini ishlatish alohida o`rin egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun zamin hozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog`lig`ining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko`rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko`p omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini baholashdan iborat. Bularga:

  • Partada uzoq vaqt o`tirish uchun zarur bo`ladigan tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi;

  • Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda harakatlari);

  • Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash;

  • Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi.

Bu davrda bolaning bo`yi 120 sm ga yetadi, og`irligi 22-24 kg bo`lishi jismoniy norma hisoblanadi.
Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg`ulotlari, xilma-xil harakatli o`yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o`qishga jismoniy tayyorgarligini ta`minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.

Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling