I bob maktabgacha yoshdagi bolalarnining matematik tasavvurlarini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning nazariy asoslari
Download 116.63 Kb.
|
Abdug‘affarova Hikoyatoy matem kurs ishi tayyor
Kurs ishining tuzulishi va hajmi: Kurs ishiga kirish, 2-bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNINING MATEMATIK TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING NAZARIY ASOSLARI1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri - bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o‘rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to‘laroq o‘rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo‘lgan g‘oya katta ahamiyatga yegadir. Har bir yangilikdan oldin g‘oya paydo bo‘ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o‘zining mohiyati bo‘yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo‘ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil yechilganmasala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O‘zining mohiyati bo‘yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr — izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar tahlillari shuni ko‘rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi,unga yerishish jarayonining o‘ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez yegallashga, qulay imkoniyatga yengil o‘tishga undaydi, deb hisoblaydilar. Didaktik o’yin - ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o’yiniga qo’yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi mashg’ulotlarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o’yinida esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi Matematika o‘qitishda mashg‘ulotning har xil turidan foydalaniladi. Mashg‘ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg‘ulotlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi. O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlatiladi. Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg‘ulot oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida 5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, samolyotlar nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi (strukturasi) dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq. Kichik guruhda bir yoki ikki mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo‘yicha birinchi mashg‘ulot, odatda, to‘liq o‘rganishga bag‘ishlanadi, takrorlash yangi materialning o‘tilishi munosabati bilan yoki mashg‘ulotning oxirida o‘tkaziladi. Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg‘ulotlar berilgan mavzu bo‘yicha ham, oldingi mavzular bo‘yicha ham materialni mustahkamlashga bag‘ishlanadi. Mashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o‘ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, «Qim qaysi o‘yinchoqlarni sanadi. O‘yinchoqlar nechta?» kabi o‘yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan o‘yinchoqlarni sanab chiqadilar, so‘ngra o‘yinchoqlar sal-fetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o‘yinchoqdan nechtadan bo‘lganini yoki kimda o‘yinchoqlar borligini va o‘yinchoqlar qancha bo‘lganini topadilar.) Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar, figuralar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko‘rinib turishi muhim. Keyinroq bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o‘rinlarida yuzlari (yoki yon tomonlari) bilan qarab o‘tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshirishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e’tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Olti o‘rinli stollar mavjud bo‘lganda, uning atrofiga to‘rttadan ortiq bolani o‘tkazmaslik kerak, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 1—2 ta stol qo‘yish kerak. Didaktik o’yinlar ta’lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin paytida bolaning ijobiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ihtiyoriy diqqatini, hotirasini takomillashtiradi. O’yinda bolalar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar. Didaktik o’yinlarga qo’yiladigan talablar: 1. Didaktik o’yinlar o’quv predmetlari bo’yicha dastur materialiga muvofiq yo’sinda tanlanishi lozim. 2. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma’lum talablar qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak. 3. Didaktik o’yinning muvaffaqiyatli o’tishi uning maqsadini yaqqol aniqlashiga bog’liq. Chunki bunda bolalarning fikrini maqsadli yo’nalishga solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug’iladi. 4. O’yinlarni tanlashda ma’lum izchillikka rioya qilish ham zarur. Mazmunan qiyin o’yinlardan oldin osonroq o’yinlarni o’tkazib, bolalarni navbatdagi o’yinlarga puhtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflashda mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart. Bolalar matematik ob’ektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin, ularning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdori bilan chegaralanishi mumkin. Shu bilan birga buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha detallarsiz, qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni ko‘rish nisbatan oson bo‘lishi kerak. Masalan, to‘plam elementlarini emas, balki uning boshqa tarkibiy qismlarini kichkintoylarga ko‘rsatish uchun ikki-uchta rangli kubchalar (g‘isht)lar yoki uzun va qisqa lentalar olinadi. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar atrof-muhit haqida katta miqdordagi dastlabki bilimlarni to'playdilar, asosiy aqliy operatsiyalarni (taqqoslash, umumlashtirish va boshqalarni) o'zlashtiradilar.), ob'ektlar va hodisalarning muhim va ahamiyatsiz belgilarini ajratib ko'rsatish, ular ba'zi sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatadilar , mantiqiy xatti-harakatlarni shakllantiradilar, ta'lim faoliyati, voyaga yetganlarning aqliy rivojlanishi faqat uyushgan faoliyat jarayonida sodir bo'ladi. Shuning uchun ota-onalarning vazifasi buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va bolaga maqsadli tarbiyaviy ta'sirni amalga oshirishdir.Aqliy tarbiya -bu kattalardagi bolalarda faol aqliy faoliyatning rivojlanishiga maqsadli ta'sir . Bunga quyidagilar kiradi: tashish atrofdagi dunyo haqidagi mavjud bilimlar , uni tizimlashtirish, bilim qiziqishlari, intellektual ko'nikma va qobiliyatlarni shakllantirish va kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli ayniqsa muhimdir. Bilimlar zaxirasini o'zlashtirish , aqliy faoliyat va mustaqillikni rivojlantirish, intellektual qobiliyat va ko'nikmalarga ega bo'lish maktabgacha ta’lim tizimini muvaffaqiyatli rivojlantirish va kelajakdagi ishlarga tayyorgarlikning muhim shartidir. O‘qitish katta yoshdan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak. Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarni, matematik qobiliyat-mustaqil fikrlash, umumlashtirish qobiliyatini, abstraksiyalashni, fazoviy tasavvur va hokazolarni, shuningdek, matematik bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egallash va qo‘llay olish imkonini rivojlantirishi kerak. Tushunarli aniq ifodalangan vazifani qo‘yish bolalar tafakkurini faollashtirnshning zaruriy shartidir. Vazifa (o‘yin, amaliy, bilish) qo‘yish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham aniqlanadi. Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko‘rsatadi va tushuntiradi, shu bilan birga, u yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga harakat qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qo‘yishga, yoniga qo‘yishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi mashg‘ulotta tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko‘rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o‘ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi. Bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashg‘ulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarishlari kerak. Bir xil narsaning o‘zini ko‘p martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollarni almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni o‘zgartirib turish muhimdir. Shu yo‘l bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini aktivlashtirish, charchashining oldini olish mumkin bo‘ladi. Ana shunday sharoitda yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi. Download 116.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling