I bob. Ma’naviy bаrkаmol аvlod tаrbiyasidа xаlq kuylаrining o‘rni
II BOB. AN’ANAVIY QO‘SHIQCHILIKNING TARIXIY AHAMIYATI
Download 381 Kb.
|
dissertatsiya ishi
II BOB. AN’ANAVIY QO‘SHIQCHILIKNING TARIXIY AHAMIYATI
2.1. An’anaviy qo‘shiqchilikning tarixi va uning ahamiyati. Qo‘shiqchilik tarixi uzoq o’tmishga egadir. O’rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma mambalar, arxeologik topilmalar shundan dalolat beradiki musiqa ijrochiligi nihoyatda mukammal rivojlangan. O’rta Osiyo xalqlarining sunggi ming yillik musiqa madaniyati tarixiga oid yozma manbalar bizgacha etib kelxanligi musiqiy merosni avaylab asrab avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga meros qilib qoldirilishining yorqin namunasidir. Uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan musiqiy merosni urganish uni mukammal fan darajasiga olib chiqishda Abu Nasr Muxammad al-Farobiyning xizmatlari beqiyosdir. Al-Farobiy qadimgi musiqa namunalarini ijrosi va taxliliga juda katta ahamiyat berib utgai. Izlanishlar samarasi sifatida musiqa nazariyasi fanini yaratdi. "Kitabul al-kabr"(Musiqaga doir katta kitob), "Kilamu fil-musiqiy" (Musiqa uslublari haqida kitob), "Kitabul-musiqiy" (Musiqa kitsrbi) kabi risolalar bevosita musiqa ijrochiligi tahliliga bag`ishlangandir. Bu borada Al-Farobiy an`anasini davom ettirgan olimlardan Abu Ali ibn Sino edi. Uning "Kitabush-shifa" (SHifo kitob), "Donishnoma" (Bilim kitobi), "Risolatun fi-ilmil musiqiy" (Musiqa ilmi haqida risola) asarlari bevosita musiqa ilmi, ijrochilik uslublari, mavjud kuy va ashulalar tahlili haqidadir. IX-X asr musiqa madaniyati tarixida O’rta Osiyodan chiqqan buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn YUsuf al-Kotib al- Xorazmiyning "Mafatixul-ulum" (Ilmlar kaliti) etsiklopediyasining musiqa nazariyasiga bag`ishlangan qismida kuylar qatori xalq qushiqchilik ijodi namunalari tahliliga katta axamiyat berib o’tgan. Keyinroq yashab ijod etgan olimlar — Safauddin Abdulmo’`min, Mahmud bin Ma`sud ash-SHeroziy (XSH-X1L0 Xuja Abdulqodir Marog`iy (XIV, "Jamiul — alxon" "Maqasidul-alxon" risolalar muallifi), Al Xusayniy, Abduraxmon Jomiy (XV) va kuplab musiqa ilmi olimlari risolalarida yanada rivojlantirildi. Musiqa ilmining nazariyasi yaratilishida xalq qushiqlarining o’rni beqiyosdir. O’rta Osiyo o’tmish musiqaixunos olimlari kuylar bilan birga ashulachilik muammolar ustida tahliliy muxokamalar olib borganlar. Risolalar yaratilgan. O’tmishda xalqning ruhyy kechinmalari; shodlik, xursandchilik, qaygu - xasrat, iztiroblar - xalq ijodining namunasi bulmish - qo’shiqlarni dunyoga keltirdi, takomillashtirdi. Qo’shiqchilikdagi bu turli ijro yo’nalishi namunalari — maishiy ashulalar dostonlar lirik va ishqiy harakterdagi ashulalar marosim qo’shiqlari mehnat qo’shiqlari laparlar, yallalar bolalar qo’shiqlari deb nomlanib - an`anaviy qo’shiq ijrochiligi yuzaga keldi. Xalqniyag ko’p ming yillik maishiy turmush tarzi ko’plab mazmundagi qo’shiqlar durdonasini yuzaga keltirdi. "YAllama yorim" "Begijon ukam, yor-er", "Mallaxon", "Xoy mening yorimsan", "Bodom qovoq", xalq dostonlari ijrochiligi namunalari "Go’r o’g`li", "Alpomish", "SHayboniyxon", "Bahrom va Dilorom", "SHoxsanam va G`arib" kabi epik ashulalar, to’y va marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari, laparlar, yallalar va bolalar qo’shiqlari asrlar davomida sayqal topib xalhimizning "Oltin merosi"ga aylandi , SHuni ta`kidlab o’tishimiz kerakki, musiqa asosi bo’lgan she`riy matn asarning mazmunini tashkil qiladi. SHe`riyatga e`tibor beradigan bo’lsak, she`r va musiqa azaldan bir-biriga yaqin, yo’ldosh, egizak san`at turlari hisoblanadi. Ikki jihatning birlashuvi bo’lgan qo’shiqqa ta`rif beradigan bo’lsak, mustaqil to’rtliklardan tashkil topgan, tutal fikrni ba`diiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga qo’shiq dey>1ladi. Qo’shiq termini keng ma`noda bo’lib, xalq she`riyati, lirik qo’shiqlar, xalq lirikasi, ashula degan umumiy nomlar ostida yuritilib kelinadi. SHu bilan birga ularning konkret namunalarining nomlari ham bor. Masalan "YOr- yor","Ulan", "Lapar", "Lirik terma", "Alla", "Bayt-g`azal", "Kelin salom", "Hush kelibsiz", "Yig`i-yo’qlov" kabilar. Xalq qo’shiqlari uchun musiqiylik, ravonlik, kuylashga (ko’pchilik yoki yakka) moslik xosdir. Ma`lumki uzoq o’tmishda sinkretik san`atning namunasi bo’lgan qo’shiqlar uni yaratuvchilar va ijro etuvchilarning mehnat faoliyati ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, xunarmandchilik ishlari, xalq amaliy san`ati - kulolchilik, o’ymakorlik va boshqa san`atlar bilan bevosita aloqada bo’lib ayni chog`da mehnatkash ommaning qadimiy urf odatlari, xilma-xil marosimlari va e`tiqodlari nazdida yashab keldi. Xalq ruxini chuqur va yorqin ifodalagan qo’shiqlarning ijtimoiy mohiyati haqida tarixchi P.Lefarg shunday deydi; "Xalq qo’shiqlari ... Xalq ko’nglidagi qayg`u xasrat va shodliklarning yo’ldoshi, uning bilim qomusi, uning doimiy va falsafa kitobidir; qo’shiq bir xazinadirki.., Xalqning ko’ngli o’z imonini, o’zining oshsh. tarixini, o’z millati tarixini bu haziniga topshirib qo’yadi". Qo’shiqlar faqat tuyda va bayramlarda emas, balki insonning tabiat va jamiyatning yovuz kuchlariga qarshi kurashda unga hamrohdir. Ularda xalh qudratining bitmas-tuganmasligi kuylanadi, dovyurak, o’lim bilmas, yovqur, bahodir, jangovar kurashchi, vafodor oshiq, mehnatsevar, tajribali inson obrazi tasvirlanadi. Qo’shik, termini birinchi marta XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlar bizgacha etib kelgan eng qadimiy hisoblangan Mahmud Qoshgariyiing "Devoni lug`atit turk" asarida "qoshug`" shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning izohi she`r, qasida deb ko’rsatilgan. SHuningdek "qo’shiq" so’zini YUsuf Xos Xojibning "Qutadg`u bilig" asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Qoshg`ariyning "Muqaddimatul - adab" lug`atida ham shunday ma`nolarni uchratamiz. Xususan Alisher Navoiyning "Mezonul - avzon" va Zahiriddin Boburning "Risolai aruz" asarlarida so’zi surud, ayolg`u, lahn, turki tarona, ashula, chilga (chinga) nomi bilap ham ta.rqalgan. Ular qo’shiqning turli janrlarini atash uchun qo’llanilganligi bayon qilinadi. O’zbek xalq qo’shiqlari shu darajada ko’p va xilma-xilki, uning barcha namunalari hali tula ravishda o’rganilishi kerak. An`anaviy qo’shiqchilikda qushiqlarning. Mavsum-marosim; Urf-odat qo’shiqlari; Mehnat Bushnqlari; Lirik qo’shiqlarni; 4 guruhga bo’lib, har bir guruh tahlili davomida ularning ichki turlarini ko’rib o’tnlishi joizdir. Xulosa qilib aytganda, qo`shiq bu har bir xalqning asl durdonalaridan biridir. Negaki, har bir xalq ota-boblaridan qolgan qo`shiqlarni tinglashlik bilan o`z o`tmishini, tarixini eslatib ularni davom ettirishga chorlaydi. Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng birinchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga o’z tariximizdan juda ko’p dalillar keltirishimiz mumkin. Al Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g’oyani yodga olmoq unga ko’ra jamiyatning har bir fuqarosi, mansabi, tutgan o’rni ya’ni kim bo’lishidan qat’iy nazar fozil kishi, fozil inson o’z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi. Avvalo bunday fikr yuritishning o’zi bobolarimizning ma’naviy darajasini naqadar yuksak bo’lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko’p asrlik meroslarni o’rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak, bizning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’sib kelayotgan yosh avlodning kelgusida bilimli insonlar bo’lib yеtishishi uchun qayg’urib quyidagilarni ta’kidlaydilar-“Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, o’rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. O’rganish, hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang uni o’rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O’rganish, o’rganish va yana bir bor o’rganish kerak. Kasb o’rgangan, ilm olgan kishi, o’zbekona aytganda, hech qachon kam bo’lmaydi”. Musiqa tarbiyasi umum tarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo’lib, atrofdagi go’zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o’rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e’tibor, kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Bobomiz Shayx Sa’diyning shunday so’zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo’ldoshidir". Musiqa insonga tez ta’sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositadir. Shu bois o’quvchilarda inson ma’naviyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo’lib qoladi. Musiqaning estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va ijrochigagina doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo’lsa-da, lekin an’anaviy xonandalik san’atining shaxsni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha ilmiy yoritilmagan. Buning sababi bizningcha an’anaviy xonandalik san’atining murakkabligi va uning inson ongiga ta’sirining ko’p qirraliligidir. Biz ushbu ishimizda mazkur nuqsonni to’ldirishga, ya’ni an’anaviy xonandalikning tarbiyaviy jihatlarini va uning yangi insonni kamol toptirishdagi rolini va pedagogik shart- sharoitlarini yoritishga harakat qilamiz. O’zbеk musiqa san’atida an’anaviy хоnandalik, o’z sоhasi va yo’nalishidan kеlib chiqib turli sharоitlarga mоslashgan hоlda shakllanib, rivоjlanib kеlgan. Fоlklоr aytimlari, dоstоnchilik, marоsim aytimlari, zamоnaviy akadеmik(vоkal) va estrada хоnandaligi, mumtоz хоnandalik shular jumlasidandir. Har bir yo’nalish shakl va ijrоchilik nuqtai nazaridan o’z uslubi, qоnun-qоidalariga egadir. Ular оrasida o’zgarmas хususiyatlar dоirasida shakllangan va eng mukammal an’analarni o’zida aks ettirgan an’anaviy yo’nalish o’zining barcha хususiyati, salоhiyati bilan namuna bo’lib kеlmоqda. Mumtоz musiqa хоnandaligida, o’zbеk хalqining eng go’zal urf- оdatlari, milliy ruhiyati bilan bоg’liq qadriyatlari yuzaga kеlib, хalqning bоy ma’naviyati namоyon bo’lgan. Shu bоis, хоnandalik an’anasida mumtоz ashula ijrоchilik yo’nalishlari va uslublari shakllanib bоrgan. Buni an’anaviy хоnandalik. san’ati yo’nalishlari sifatida yuritish urfga aylandi. Milliy mumtоz ashulachilik an’analari esa o’zbеk an’anaviy хоnandalik san’atining asоsi bo’lib rivоjlandi. “An’anaviy xonandalik” xonandalik san’atiga xos o’quv malakalarini shakllantirish, ularga xalq qo’shiqlarini yakka holda yoki, jamoa bo’lib kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish psixologiyasi bo’yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat. Fanning maqsadidan kelib chiqqan holda, guruhli darslarda bir qator vazifalar amalga oshiriladi. 1. Maqom qo’shiqchisiga va maqomchilar dastasi rahbarligiga qo’yiladigan talabalarni bilish va unga o’rgana borish. 2. Guruh va yakka holda kuylashning tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olish. 3. Xalq qo’shiqlari, bastakorlar tomonidan yaratilgan ashula va qo’shiqlar va shashmaqom namunalari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo’yicha yuksak badiiy didga ega bo’lish. 4. Jamoada kuylash va jamoa bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz beradigan ruhiy-fiziologik o’zgarishlarni xis qilish va unga ko’nikma hosil qilish. An’anaviy xonandalik kursi quyidagi vazifalari amalga oshiriladi: An’anaviy va xalq qo’shiqchiligini o’rganish. An’anaviy ijrochilikda xalq qushiqlari 4 turi haqida tushuncha berish. Mehnat qo’shiqlari, mavsum marosim va urf-odat qo’shiqlari, lirik qo’shiqlari, termalar. An’anaviy xonandalik namunalari ijrosi bilan amaliy tanishish: ❖ talabalarning o’zbek an’anaviy musiqa madaniyati haqidagi bilim darajasini kengaytirish, repertuarini boyitish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash; ❖ talabalarning milliy an’analarga bo’lgan qiziqishi va xurmatini oshirish; ❖ o’zbek qo’shiqchiligiga xos, nola, qochirimlarni maromiga etkazib kuylashga odatlantirish; ❖ talabalarni umumiy musiqiy qobiliyatlarini o’stirish; ❖ kuylash va ishlash jarayonida inson organizmida ro’y beradigan ruhiy- fiziologik holatlarni his etish va unga ko’nikma hosil qilish; ❖ xonandalarga qo’yiladigan talablarni bilish va unga amal qilish. ❖ dars jarayonida talabalarga ta’lim va tarbiya berish, ularni chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash, talabalarni badiiy jihatdan rivojlantirish, ularga an’anaviy ijrochilik va uning sirlarini o’rgatish. An’anaviy xonandalikning maqsadlaridan yana biri Respublikamiz badiiy jamoalariga mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iboratdir. Talabalarga o’zbek xalq qo’shiqlari hamda “Shashamaqom” haqida ma’lumotlar berish bilan birga, yaratilish tarixi, ijro diapazoni, ovozni ishlatish, dinamik belgilar, xonandaning ijro holati, asarlardagi o’lchovlar, usullar, kuylarning shaklan tuzilishi, ijro texnikasi, o’rganilayotgan asarlarning mualliflari haqida ma’lumotlar va zarur ko’rsatmalar beriladi. Shuningdek, fan o’zbek xalq qo’shiqlari haqidagi tushuncha va ko’nikmalarni hosil qilish hamda o’rgatishga xizmat qiladi va talabalarda an’anaviy musiqaga muhabbat tuyg’ularini hamda musiqiy-badiiy didni o’stiradi. Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin bo’ladiki musiqa san’ati insonni axloqiy, madaniy-ma’rifiy tarbiyalshda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san’ati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor berib kelingan. O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati hayoti oliy insoniy faoliyatlari, badiiy ma’naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi, orzu umidalri aks etadi. Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi yosh avlodni, maktab o’quvchilarini, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazib tarbiyalshdan iboratdir. Buning uchun o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati, go’zalligi bilan o’rganishalri, uni badiiy idrok etish, jamoaviy tarzda kuylash, raqs tushish va ijodkorlik malakalarini egallashlarida musiqa madaniyati mashg’ulotlarida keng foydalanish talab etiladi. Xullas komil insonni tarbiyalashda An’anaviy xonandalik asarlarining ahamiyati juda kattadir. Bunday ijro asarlaridan samarali foydalanishimiz lozim. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling