I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari


Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar


Download 251.6 Kb.
bet14/20
Sana19.06.2023
Hajmi251.6 Kb.
#1622575
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar

Masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.
Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari, ma’lumotlarni yetkazib berishdan va vositalar majmuyidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh hisoblanadi.
Ta’limiy mahsulot - ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan ma’lumotlar majmuidir.
Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir.
Jamiyatni axborotlashtirish - fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, axborot resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga ega:
- jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l ochib beradi;
- shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi;
-jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini tezkor o‘zgartiradi;
- matematika darslarida masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini oshirishni ta’minlaydi.
Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot texnologiyalari qo‘llaniladi:

  • guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni qayta ishlash axborot texnologiyalari ;

  • matematika darslarida masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalari;

- fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini matematika darslarida masofaviy o‘qitishning foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari.
Matematika darslarida masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.

Download 251.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling