I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari


Download 251.6 Kb.
bet2/20
Sana19.06.2023
Hajmi251.6 Kb.
#1622575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar

Mavzuning dolzarbligi. Yaqinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Farg’onaga tashrifi chog’ida Xalq ta’limi vazirligiga alohida ko‘rsatmalar berdi. Prezident yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tib, yangi o‘quv yilidan sinfdan boshlab o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Hozirgi kungacha algebra elementlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha o’zbek tilida nashr qilingan ilmiy-uslubiy ishlarni yetarli ded bo’lmaydi, shuni hisobga olgan holda mazkur ishda algebra elementlarini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish bo’yicha hozirgi kungacha qilingan ishlarni o’rganib chiqdik va ularni umumlashtirib o’z fikr, mulohazalarimizni bayon qildik.
Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi, fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o‘qitish bilan bog’liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o‘ylantirib qo‘yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muhtoj bo‘lib boraveradi.
Ishning maqsad va vazifalari.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida matematika darslarida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta’limiy o‘yinlarning o‘ziga hos tomonlarini ochib berish va takomillashtirish.
Ob’yekti va predmeti.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida matematika darslarida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta’limiy o‘yinlarning ahamiyatini misol va masalalar yechish ko‘nikmasini shakllantirishni usul va vositalarini o‘qitish jarayoni.

Download 251.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling