I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari


Download 251.6 Kb.
bet6/20
Sana19.06.2023
Hajmi251.6 Kb.
#1622575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar

O‘qituvchi faoliyati

O‘quvchilar faoliyati

1.Muammoli vaziyat yaratadi

1. O‘rganilayotgan hodisadagi qarama -qarshiliklarni anglab yetishadi.

2.Muammo borasida fikrlashni
tashkil etadi va shakllantiradi.

2.Muammoni shakllantirishadi.

3.Topilgan qarama-qarshiliklarning taxminiy tushuntirish gipotezasini
izlashni tashkil etadi.

3. Hodisani tushuntiruvchi gipotezalarni ilgari suradi.

4.Gipotezalarning to‘g’ri
tekshirilishini tashkil etadi.

4. Topshiriqni yechishda qo‘llaniladigan gipotezaning to‘g’riligini eksperiment orqali tekshirib ko‘rishadi.

5.Olingan bilimlar va natijalarni umumlashtirishni tashkil etadi.

5. Natijalarni tahlil qilishadi, xulosa chiqarishadi, olingan bilimlarni qo‘llashadi.



Muammoli o‘qitish quyidagi tizimga ega: 1.O‘rganilgan mavzuni dolzarblashtirish.

  1. Muammoli vaziyat yaratish.

3.O‘quv muammosini qurish.

  1. Muammoli topshiriq qurish.

  2. Muammoni izlash va yechim topish (gipotezani shakllantirish, giotezani isbotlash, yondashuvlar tahlili, umumlashma).

  3. Muammo yechimini tekshirish. Tadqiqot. Izlash natijalarini tahlil qilish.

Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi tayyor bilimlar haqida aytmaydi, aksincha, o‘quvchilarning bu bilimni izlab topishini tashkillashtiradi. Izlash jarayonida matematik tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar ayon qilib boriladi.
Muammoli o‘qitish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ma’lum ma’nodagi, ya’ni o‘z fikrini erkin bildirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida xayrixoh muomala-munosabatli ish uslubi o‘rnatilgandagina muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Muammolilik pedagogik jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi, lekin shunday bo‘lsa-da, barcha darslarni (mashg’ulotlarni) muammoli deb bo‘lmaydi. Hamma narsa o‘qitish paytida foydalaniladigan muammoli o‘qitishga xos usul va tashkiliy shaklning hajmiga bog’liq bo‘ladi.
Muammoli o‘z ustunlik va kamchiliklariga ega.
Ustun jihat sifatida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanishini, matematik qobiliyati o‘sishini, o‘qishga nisbatan qiziqishi shakllana borishini, o‘qishda faolligi tarbiyalanib borishini, ijodiy tushunchalarning kengayib borishini ta’kidlab o‘tish mumkin.
Ayrim juz’iy kamchiliklar sifatida esa, ko‘p vaqt sarflanishini, shuningdek, o‘qituvchi uchun maxsus uslubiy tayyorgarlik zarur bo‘lishini aytib o‘tish mumkin.

Download 251.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling