I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari


Download 251.6 Kb.
bet7/20
Sana19.06.2023
Hajmi251.6 Kb.
#1622575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar

Dasturlangan o‘qitish - bu shunday o‘qitishki, bunda topshiriqlar yechimi elementar jarayonlar, ya’ni o‘rgatuvchi dasturlardagi o‘rganilayotgan materiallar qat’iy ketma-ketlikda - ya’ni, har bir material, qoida sifatida, o‘z tarkibida yangi materialning bir bo‘lagi va nazorat savoli, yoki biror-bir topishirq tashiydigan shaklda beriladi.
Muammoli o‘qitish quyidagilarni nazarda tutadi:
-o‘quv materialini to‘g’ri tanlash va kichik-kichik bo‘laklarga (dozalarga) bo‘lgan holda taqdim etish;
-bilimlarni doimiy nazorat qilib turish;
-o‘quvchi to‘g’ri javob yoki yo‘l qo‘yilgan kamchilik bilan tanishtirilgandan so‘ng keyingi bo‘lakka o‘tish;
-har bir o‘quvchiga, mustaqil ravishda faoliyat yuritishi uchun faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan o‘zlashtirish tezliginining individual xususiyatini ishga solishga imkon berishini ta’minlash;
Hozirgi kunda nafaqat o‘qitish ishlari mazmuni, balki o‘qitish jarayonini ham belgilaydigan kompyuterlashtirilgan dasturlash asosida olib borilayotgan bir davrda, o‘rgatuvchi dasturlarga tayanilgan holda tashkil etiladi. O‘quv materialini dasturlashning har xillikdagi ikki tizimi - chiziqli va boshlang’ich tuzilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davriylik elementlari mavjud bo‘ladi. Dasturlashning ikki tizimini solishtirib ko‘rilganda, chiziqli turida o‘quvchi mustaqil ravishda nazorat savollariga javob tayyorlaydi, kengaytirilgan, ya’ni shaxobchali dasturlashda esa bir necha tayyor javoblardan birini tanlaydi. Shu ma’noda olib qaraganda, chiziqli dasturlash shoxobchali dasturlashga qaraganda, bir qadar afzalroq sanaladi.
O‘qitishni dasturlangan darsliklardan foydalangan holda olib borish o‘z ustunlik xususiyatiga ega. Chunki usulda o‘qitish individual yondashuv xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, istiqbolli sanaladi. (jadval 2) Bu usulning yana bir afzalligi shundaki, u hisoblash mashinalaridan foydalangan holda yoki ana shunday mashinalarsiz ham amalga oshirilishi mumkin.
3-jadval


Download 251.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling