I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari
Download 251.6 Kb.
|
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar
Muammoli o‘qitish - didaktik tizim bo‘lib, bilimlarni ijodiylik qonuniyatlari asosida o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat usullaridan, ya’ni ilmiylik asosiy belgisi bo‘lgan dars o‘tish va o‘qitish qo‘llanishlarini o‘z ichiga oladi.
Muammoli o‘qitish usuli - muammoli vaziyatlarni olib tashlash (yechim topish orqali ) maqsadida qo‘llaniladigan o‘qitish usulidir. Muammoli vaziyat - mavjud bilimlar bilan taklif etilgan muammoni yyechish mumkin bo‘lgan bilimlar o‘rtasidagi taklif etilgan masalani yyechish qiyinchlikni his etish. Muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan topshiriq muammoli, yoki muammoli masala deb ataladi. Muammolilik belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi: -muammoli vaziyatning tug’ilishi; -yechim topishga qiziqish va ma’lum ma’noda tayyor bo‘lish; -izlashning turli yo‘nalishlar bilan shartlangan har xil yo‘llarini topish. Muammoning qo‘yilishi o‘quvchilar tushunadigan, shakllantirilishi esa, ularni qiziqtiradigan tarzda bo‘lishi kerak. Muammo va muammoli topshiriq o‘rtasidagi farqni bilish kerak. Muammo kengroq ma’noda bo‘lib, u muammoli topshirqlarning ketma-ket yoki qismlarga yoyilib (sochilib) ketadi. Muammoli topshiriqqa (masalaga) bitta topshiriqning oddiy yoki muammoning xususiy holati sifatida qarash mumkin. Masalan, rombni o‘rganish topshiriq qilib berilishi mumkin. Bu topshiriq tarkibiga kiradigan o‘quv masalalaridan biri rombning diagonallarini ochishdan iborat bo‘ladi. Muammoli o‘qitish o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Muammoli o‘qitishni o‘quv topshiriqlarini tuzishga qaratilgan muammoli topshiriqlardan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muammoli o‘quv muammolarining uch turi mavjud: Matematikalashtirish muammosi - matematik tarzda ifodalash, ya’ni vaziyat va topshiriqlarni matematika tiliga o‘girish, boshqacha qilib aytganda, matematikadan tashqari yoki matematikaning ichida, demak, matematik muammolar modelini qurish demakdir. Modellarning turli sinflarini tadqiq etish muammosi. Bu turdagi muammolarni hal etish (yyechish), uning tarkibiga “kichik nazariyalarni” qo‘shish orqali nazariy bilimlar tizimini bundan keyingi rivojlanishini ta’minlash deganidir. Yangi vaziyatlarda yangi nazariy bilimlarni qo‘llash, ya’ni matematik bilimlarni, yangi obyektlarni o‘rganishga tadqiq etish muammosi. Endi esa matematikaga o‘qitishda muammoli usulni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati qanday bo‘lishi kerakligi masalasini ko‘rib chiqamiz. (1 jadval) 2-jadval
Download 251.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling