105
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati
1. Tayanchga mahkamlangan prujinaga 50 g massali jism osilgan. Jismga ta’sir
etadigan og‘irlik kuchi va prujinaning elastiklik kuchi o‘zaro muvozanatlash-
ganda jismning og‘irligi nimaga teng bo‘ladi? Ushbu
va keyingi masalalarda
g = 10 m/s
2
deb oling.
2. Prujina ustiga o‘rnatilgan tayanchga 80 g massali jism qo‘yilgan. Muvozanat
holatida jismning og‘irligi nimaga teng bo‘ladi?
3. Qo‘zg‘almas holatdagi dinamometrga 200 g yuk osildi.
Muvo zanat holatida
yukning og‘irligi qancha? Elastiklik kuchi-chi?
4. O‘zingizning massangizni bilgan holda tinch holatda turgan paytingizdagi
og‘irligingizni hisoblang.
29-§.
YUKLAMA
VA VAZNSIZLIK
Yuklama
Prujinaga
m massali jism osib,
uni tinch holatda
ushlab turaylik. Muvozanat holati tiklanganda jism-
ning og‘irligi:
→
P
=
→
F
og‘
yoki
→
P
=
mg (1)
bo‘ladi (93-
a rasm).
Agar prujinani keskin
yuqoriga harakatlantirsak,
uning muvozanat holatidagiga nisbatan cho‘zilganli-
gini ko‘ramiz (93-
b rasm). Demak, yuqoriga yo‘nal-
gan tezlanishda yukimizning og‘irligi ortadi. Buning
sababini Nyutonning ikkinchi
qonuni yordamida tu-
shuntirish mumkin. Yuk yuqo riga
a tez lanish
bilan
harakatlantirilganida, prujinaga og‘irlik kuchidan
tash qari qo‘shimcha
ma kuch ta’sir etadi. Bunda og‘irlikning qiymati o‘gir-
lik kuchi va qo‘shimcha kuch yig‘indisiga teng bo‘ladi:
→
P
=
→
F
og‘
+
ma yoki
→
P
=
mg +
ma . (2)
Do'stlaringiz bilan baham: