I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
-§. YERNING SUN’IY YO‘LDOSHLARI
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson tomonidan fazoga uchirilgan va sun’iy ravishda Yerning yo‘ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar Yerning sun’iy yo‘ldoshi deb ataladi.
- Kosmosning zabt etilishi
31
-§. YERNING SUN’IY YO‘LDOSHLARI Raketaning Yer atrofida aylanishi uchun zarur bo‘lgan tezlik Agar raketa bir necha kilometr balandlikda birinchi kosmik tezlik bilan uchsa, havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qiziydi va yonib ketadi. Havosiz bo‘shliqdagina raketa shunday katta tezlikda harakatlana oladi. Yerdan bir necha yuz kilometr balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin. Shuning uchun kosmosga uchirilgan raketalar shunday balandlik- da uchib yuradi. Raketa, masalan, h = 300 km balandlikda Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo‘lishi kerak? Birinchi kosmik tezlikning υ 1 2 = gr formulasidagi r o‘rniga r + h masofa qo‘yiladi. Yer sirtidan balandlikka ko‘tarilgan sari erkin tushish tezlanishi g ning qiymati kamayib boradi. Yer sirtidan 300 km balandlikda erkin tushish tezlanishi g = 9,0 m/s 2 bo‘ladi. Hisoblashlarga ko‘ra, 300 km balandlikda Yer shari atrofida aylana bo‘ylab harakat qilish uchun raketaning tezligi 7,7 km/s bo‘lishi kerak. Inson tomonidan fazoga uchirilgan va sun’iy ravishda Yerning yo‘ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar Yerning sun’iy yo‘ldoshi deb ataladi. Raketa Yerning sun’iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun kamida 300 km ba- landlikka olib chiqiladi. Buning uchun raketaga kamida 7,7 km/s tezlik beriladi. Sun’iy yo‘ldosh eltuvchi-raketa yordamida kerakli ba landlikka chiqarila- di. Ma’lum vaqt davomida raketaning tezligi birinchi kosmik tezlik kacha oshirib boriladi va bunda uning yo‘nalishi asta-sekin gorizontal holatga o‘tadi (100-rasm). 113 V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati Kosmosning zabt etilishi Insoniyat tarixida birinchi marta 1957-yil 4-ok- tyabrda 83 kg massali raketa quvvatli eltuvchi-ra- keta yordamida zaruriy balandlikka olib chiqilib, unga birinchi kosmik tezlik berishga erishilgan. Shar shaklidagi bu raketa Yer atrofida aylana bosh- lagan, ya’ni sun’iy yo‘ldoshga aylangan. 1961-yil 12-aprelda birinchi marta inson kos- mosga uchdi. Yerdan ko‘tariligan «Vostok» kosmik kemasida Yuriy Gagarin sayyo ramizni bir marta aylanib, Yerga eson-omon qaytib tushgan. Shu davrdan e’tiboran kosmosni zabt etish va keng ko‘lamda o‘rganish boshlanib ketdi. Yuzlab kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemalarda Yer atrofini orbita bo‘ylab aylanib, turli tadqiqotlarni o‘tkazdilar. Kosmosni zabt etishda yana bir buyuk yutuq – 1969-yil 21-iyulda astronavtlar N. Armstrong va E. Oldrin boshqargan kosmik kema Oyga yumshoq qo‘ndi, inson ilk bor Oyga qadam qo‘ydi. Kosmosni zabt etishda o‘lkamizda tug‘i lib, voyaga yetgan kosmonavtlar ham munosib hissa qo‘shganlar. Toshkent viloyatining Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov 5 marta (1978, 1981, 1982, 1984, 1985) kosmosga parvoz qilib, orbitada jami 145 kun bo‘lgan. Shu davrda ikki marta ochiq kosmosga chiqib, kosmik apparat- ning sirtqi qismini ta’mirlashda ishtirok etgan. Kos- monavtika sohasidagi buyuk xizmatlari uchun ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan (1978, 1981). 1985-yilda unga aviatsiya general-mayori har- biy unvoni berilgan. O‘zbekistonlik uchuvchi-kos- monavtga Toshkentda byust o‘rnatilgan. 1998-yil 22-yanvarda xalqaro ekiрaj tarkibida Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan o‘zbek o‘g‘loni Solijon Shariрov Amerika Qo‘shma Shtat- lari kosmik kemasida kosmosga uchdi. 2004-yilda S. Shariрov ikkinchi marta kosmosga parvoz qildi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling