I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
27
- §. OG‘IRLIK KUCHI Yer yuzidagi jismlar nima sababdan Yerga torti- ladi? Ular uchun ham butun olam tortishish qonuni o‘rinlimi? Butun olam tortishish qonuni formulasidan foy- dalanib, Yer sirtidagi ixtiyoriy m 1 = m massali jism bilan m 2 = M massali Yer sharining o‘zaro tortishish kuchini hisoblash mumkin (89-rasm): F = G mM r 2 . Bunda jism va Yer orasidagi masofa miqdori sifatida Yer sharining radi- usi r = 6,4 · 10 6 m olinadi. m = 1 kg massali jism bilan M = 6 · 10 24 kg massali Yerning tortishish kuchini topaylik: F = 1,5·10 10 1 1·6·10 24 N ≈ 9,8 N. (6,4·10 6 ) 2 Demak, 1 kg massali jism va Yer bir-birini 9,8 N kuch bilan tortadi. Nyutonning uchinchi qonuniga binoan jism Yerga qanday kuch bilan tortilsa, u Yerni o‘ziga shuncha kuch bilan tortadi. Bu kuchlar o‘zaro qa- 89-rasm. Yer va uning sirtidagi jismning o‘zaro tortishishi R Yer m M Jism (1) 101 V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati rama-qarshi yo‘nalgandir. Shu bilan birga, 1 kg massali jism 9,8 N kuch bilan Yerga tortilsa, jism bu kuchni sezadi. Massasi juda katta bo‘lgan Yer uchun 9,8 N kuch ta’siri sezilmaydi. Demak, bunday holatlarda biz faqat Yerdagi jismlarning Yerga tortilishi haqida gapirishimiz mumkin. Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan Yerga tortilish kuchi ta’sirida jismning olgan tezlanishi: F m a = . Demak, 1 kg massali jism Yerning tortish kuchi ta’sirida 9,8 m/s 2 ga teng bo‘lgan tezlanishga ega bo‘ladi. Ixtiyoriy massali, masalan, m = 8 kg yoki 25 kg massali jismlar Yerga qanday kuch bilan tortiladi? Bu kuch ta’sirida ular qanday tezlanishga ega bo‘ladi? Demak, jismning massasi qancha bo‘lishidan qat’i nazar Yerga tortilish kuchi natijasida a tezlanishning kattaligi bir xil, ya’ni 9,8 m/s 2 ga teng ekan. Biz bu tezlanishni erkin tushish tezlanishi deb atab, uni g harfi bi- lan belgilagan edik. Aslida, biz bu mavzuda erkin tushish tezlanishining qiymatini keltirib chiqardik. Jismni Yerga tortib turuvchi kuchni og‘irlik kuchi deb ataymiz va F og‘ tarzida belgilaymiz. Nyutonning ikkinchi qonuni formulasidagi a tezlanishni g erkin tushish tezlanishi bilan almashtirib, m massali jismning og‘irlik kuchini quyidagicha ifodalash mumkin: F og‘ = mg. (3) Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling