I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

V bob.
TASHQI KUCHLAR TA’SIRIDA 
JISMLARNING HARAKATI
26-§. BUTUN
 OLAM TORTISHISH QONUNI
Oy va boshqa sayyoralar aylana bo‘ylab deyarli doimiy tezlikda harakat 
qiladi. Har qanday jism aylanma harakat qilishi uchun unga doimiy kuch 
ta’sir etib turishi kerak. Agar sayyoralarga bunday kuch ta’sir etmasa, ular 
to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilishgan bo‘lar edi. Endi dinamika qonunlarini 
qo‘llab, Oyning Yer atrofida aylanishini ko‘rib chiqaylik. Oy faqat doimiy 
kuch ta’siridagina aylanma harakat qiladi. Bu kuch Yer tortish kuchi bo‘lib, 
u Nyutonning II qonuniga asosan: |F| = m|a| formula bilan aniqlanadi, 
ya’ni Oy massasi m qancha katta bo‘lsa, tortishish kuchi ham shuncha 
katta bo‘ladi: |F| ~ m. Nyutonning III qonunidagi aks ta’sirga ko‘ra, Oy 
ham Yerni shunday kuch bilan tortadi: |F| = M|a|, ya’ni Yer massasi M 
qancha katta bo‘lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo‘ladi: |F| ~ M
Agar tortishish kuchi F ham jism massasi m ga, ham Yer massasi M ga 
proporsional bo‘lsa, demak, bu kuch ularning ko‘paytmasiga ham propor-
sionaldir: 
| ~ mM.
(1) 
Shu bilan birga, Yer markazidan Yer yuzigacha bo‘lgan masofa Yer 
markazidan Oygacha bo‘lgan masofadan 60 marta kichik. Jismning Yer 
ustidagi markazga intilma kuchi esa Oyning orbita bo‘yicha harakatidagi 
markazga intilma kuchidan 3600 marta katta, ya’ni: 
|F| ~ 1/r
2

(2).
(1) va (2) bog‘lanishlarni umumlashtirib yozsak: | | ~ mM/r
2
yoki:
|F| = G mM
r
2
,
(3)
bunda G – proporsionallik koeffitsiyenti. 
Nyuton tortishish kuchining bunday tabiati faqat Yer bilan Oy orasidagi tor-
tishishgagina emas, balki Quyosh bilan Yer (88-rasm), boshqa sayyoralar bilan
4 – Fizika 7.


98
Dinamika asoslari
Quyosh, atrofimizdagi jismlar bilan Yer orasidagi tortishishga ham tegishli 
ekanligini kashf etdi. Uning xulosasiga asosan, olamdagi jismlarning o‘zaro 
tortishish kuchi quyidagicha aniqlanadi:
F = G m
1
m
2
r
2
, (4)
bunda m
1
, m

– ta’sirlashishayotgan jismlar massa-
lari, r – ular orasidagi masofa (massalar marka-
zidan o‘lchanadi), G – proporsionallik koeffitsiyenti 
bo‘lib, u gravitatsiya doimiylik deb ataladi. (4) for-
mulada F gra vi tatsiya tortish kuchini ifodalaydi. 
Bu qonun olamdagi barcha jismlar o‘rtasidagi o‘za-
ro torti shish kuchini ifodalagani uchun, u Butun olam tortishish qonuni deb 
ataladi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi:

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling