I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Ikki jismning o‘zaro tortishish kuchi ularning massalari ko‘payt-


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Ikki jismning o‘zaro tortishish kuchi ularning massalari ko‘payt-
masiga to‘g‘ri proporsional va ular orasidagi masofa kvadratiga 
teskari proporsionaldir.
Agar o‘zaro ta’sirlashuvchi jismlar massasi m
1
m
2
= 1 kg va ular orasi-
dagi masofa r = 1 m bo‘lsa, (4) formulada F kuchning son qiymati G ga teng: 
gravitatsiya doimiysi son jihatdan har birining massasi 1 kg va oralaridagi ma-
sofa 1 m bo‘lgan ikki jism orasidagi tortishish kuchiga teng. 1798-yilda ingliz 
olimi Genri Kavendish uning son qiymati quyidagiga tengligini aniqladi:
G = 6,67 · 10
–11
m
2
kg
2
N.
.
1/1,5 = 0,667 bo‘lgani uchun masalalar yechishda 6,67 · 10
–11
· m
2
/kg

o‘rniga 
m
2
1,5 ·10
10
kg
2
1 N .
qiymatdan ham foydalanish mumkin.
Butun olam tortishish qonuni ta’sirlashayotgan jismlar o‘lchamlari ular 
orasidagi masofadan juda kichik bo‘lgan hollarda, ya’ni moddiy nuqtalar 
uchun aniq bajariladi. Shar shaklidagi jismlar uchun ular orasidagi masofa 
sharlar markazidan o‘lchansa, jismlar orasidagi har qanday masofada ham 
(4) formula o‘rinli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun jismlarni Yerga 
tortishishini hisoblashda masofani Yerning markaziga nisbatan olish ke-
88-rasm. Yer va Quyosh-
ning o‘zaro to‘rtishishi

F
1

F
2
m
1
m
2


99
V bob. Tashqi kuchlar ta’sirida jismlarning harakati
rak. Yerning radiusi 6 400 km bo‘lgani uchun jism Yerdan bir necha o‘n 
kilometr ko‘tarilganida ham Yerga tortishish kuchi miqdorining o‘zgarishi 
deyarli sezilmaydi. Atrofimizdagi barcha jismlar – mashina, odam, stol-
stul, shkaf, hattoki, uylar ham bir-biriga tortishib turadi. Bu kuchlar juda 
kichikligidan, ular sezilmaydi. Lekin Yer Oyni tortishi natijasida Oy Yer 
atrofida aylansa, Oy Yerni tortishi natijasida Oy tomonga to‘g‘ri kelgan 
dengiz va okean suvining bir necha metrga ko‘tarilishi kuzatiladi.
Ipga biror jismni osib qo‘ysak, Yer jismni tortishi natijasida jism ipni 
Yerning markazi tomon tortadi. Bu hodisadan binokorlar uylarni Yerga 
perpendikulyar ravishda qurishda foydalanadilar.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling