I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

IV BOB BO‘YICHA XULOSA
Nyuton qonunlari oddiygina bo‘lib ko‘ringan ikkita formula: F

= ma

va 
F


= – F

2
bilan ifodalansa-da, ularda odatdan tashqari darajada ma’no mujassam. 
Atrofimizda sodir bo‘layotgan harakatlar: daryolarda suvning oqishi, Yer yuzida 
shamol va dovullarning turishi, yo‘llarda avtomobillarning betinim yurishi, 
osmonda samolyotlarning uchishi, kosmik fazoda sayyora, yulduz va galaktika, 
shuningdek, kosmik kemalar harakatiga razm soling. Bu harakatlar va harakat 
qilayotgan jismlar bir-biriga sira o‘xshamaydi. Ularga ta’sir etuvchi kuchlar ham 


95
IV bob. Harakat qonunlari
turlicha. Biroq bu harakatlarning va harakatda ishtirok etayotgan jismlarning 
hamma-hammasini shu oddiygina ko‘ringan qonunlar asosida ifodalash mumkin. 
Umuman olganda, Nyuton qonunlari mexanikaning har qanday masalasini 
hal etishga imkon beradi. Agar jismga qo‘yilgan kuch ma’lum bo‘lsa, jismning 
istalgan paytdagi, trayektoriyaning istalgan nuqtasidagi tezlanishini topish 
mumkin. Nyuton qonunlari, shuningdek, jismning harakati, ya’ni uning istalgan 
paytdagi vaziyati ma’lum bo‘lsa, jismga qanday kuch ta’sir etayotganligini 
aniqlash imkonini beradi.
IV BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
1. Massasi 2 kg bo‘lgan jism yerga erkin tushmoqda. Jismga ta’sir etayotgan 
kuchni toping. g = 10 m/s
2
deb oling.
2. Massasi 200 g bo‘lgan aravacha 0,5 m/s
2
tezlanish bilan harakatlanishi 
uchun unga qanday kattalikda o‘zgarmas kuch bilan ta’sir etish kerak?
3. Temir yo‘lda turgan vagonni 2 kN kuch bilan itarganda, u 0,1 m/s
2
tezlanish 
bilan harakatlana boshladi. Vagon massasini toping.
4. Tinch holatda turgan 0,5 kg massali jism o‘zgarmas kuch ta’sirida 
harakatlanib, 5 s da 20 m yurdi. Jismga ta’sir etayotgan kuch kattaligini toping.
5. Tekis gorizontal sirtda 100 g massali po‘lat sharcha turibdi. Agar sharcha 
gorizontal holatda 50 mN kuch bilan turtib yuborilsa, u qanday tezlanish oladi? 
6. Tekis gorizontal sirtda turgan aravachaga 4 N o‘zgarmas kuch bilan ta’sir 
etilganda, u 2 m/s
2
tezlanish oldi. Agar unga 6 N kuch bilan ta’sir etilsa, u qanday 
tezlanish oladi?
7. 6-masala sharti bo‘yicha har ikkala hol uchun aravachaning 1 s davomida 
olgan tezliklarini toping. 
8. Massasi 2 000 kg bo‘lgan avtomobil 0,8 m/s
2
tezlanish bilan harakatlana 
boshladi. Motor avtomobilni qanday kuch bilan harakatga keltirmoqda? 
Ishqalanish kuchlari hisobga olinmasin. 
9. Bir-biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan 0,5 kg va 1,5 kg massali 
ikkita jism to‘qnashdi va ikkalasi ham to‘xtab qoldi. Agar to‘qnashgunga qadar 
birinchi jism 6 m/s tezlikda harakatlangan bo‘lsa, ikkinchi jism qanday tezlikda 
harakatlangan? 
10. Traktor tirkamani 10 kN kuch bilan tortganda, unga 0,5 m/s
2
tezlanish 
beradi. Tortish kuchi 30 kN bo‘lgan boshqa traktor shu tirkamaga qanday 
tezlanish beradi? 
11. Massasi 80 t bo‘lgan reaktiv samolyot dvigatellarining tortish kuchi 
120 kN bo‘lsa, samolyot tezlik olishda qanday tezlanish bilan harakatlanadi? 


96
Dinamika asoslari
12. Massasi 0,4 kg bo‘lgan to‘pga 0,01 s davomida zarb berilganda, u 
20 m/s tezlik oldi. To‘p qanday kuch bilan tepilgan?
13. 25 sm uzunlikdagi ipga bog‘langan 100 g massali sharcha aylana 
bo‘ylab sekundiga 2 marta aylanmoqda. Sharchaga ta’sir etayotgan markazdan 
qochma kuchni va markazga intilma tezlanishni toping.
14. 13-masala shartidagi sharcha sekundiga 4 marta aylantirilsa, markazdan 
qochma kuch va markazga intilma tezlanish necha marta ortadi yoki kamayadi?
15. 1 m uzunlikdagi ipga bog‘langan jism har sekundda 1 marta aylanmoqda. 
Jismga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 10 N bo‘lishi uchun jismning 
massasi qancha bo‘lishi kerak?
16. Loyli yo‘lda botib qolgan avtomobil g‘ildiragidan 10 m/s tezlikda loy 
parchalari otilmoqda. Agar avtomobil g‘ildiragining diametri 1 m, otilayotgan 
loy parchalarining o‘rtacha massasi 5 g bo‘lsa, loy parchalari qanday kuch 
bilan otilmoqda? 
17. Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat 
tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan 
qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi 
massasi qancha bo‘ladi? Bunda mototsikl qanday markazga intilma tezlanish 
oladi? 
18. 2 N kuch ta’sirida 10 sm ga uzaygan rezinaning bikirligini toping. 
19. Prujinali taroziga 1 kg yuk osilganda uning prujinasi 8 sm ga uzaygan. 
Prujinaning bikirligini toping. Ushbu va keyingi tegishli mashqlarda g = 10 m/s
2
deb olinsin. 
20. Bikirligi 60 N/m bo‘lgan prujinaga yuk osilganda, u 5 sm ga uzaydi. 
Prujinaga osilgan yuk massasini toping. 
21. Bikirligi 10 N/m bo‘lgan rezinaga 60 g yuk osilganda, u qanchaga 
uzayadi? 
22. Bir tomoni birlashtirilgan uzunliklari bir xil ikkita prujina bo‘sh 
uchlaridan ushlab tortildi. Bunda bikirligi 120 N/m bo‘lgan prujina 4 sm 
ga uzaydi. Ikkinchi prujina 3 sm ga uzaygan bo‘lsa, uning bikirligi qancha 
bo‘ladi? 
23. Massasi 1200 kg bo‘lgan avtomobilni 0,3 m/s
2
tezlanish bilan shatakka 
olganda, bikirligi 40 kN/m bo‘lgan trosning qanchaga cho‘zilishini toping. 
Ishqalanish kuchini hisobga olmang.


97

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling