I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

III bob.
TEKIS AYLANMA 
HARAKAT
Biz shu vaqtgacha trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan harakatni 
o‘rgandik. Jismning trayektoriyasi to‘g‘ri chiziq bo‘lmagan har qanday 
harakati egri chiziqli harakatdir. Egri chiziqli harakatlarning eng sodda 
ko‘rinishi esa aylanma harakat bo‘ladi.
Aylanma harakat haqida tushunchalarga ega bo‘lishimiz eng mayda 
zarracha – elektronlardan tortib sayyoralarning o‘z orbitalari bo‘yicha 
aylanma harakatlarini tahlil qilishda, turmushimizda foydalanadigan ko‘plab 
asboblarning aylanma harakat qiladigan qismlarini o‘rganishda yordam 
beradi. Ushbu bobda jismning tekis aylanma harakati bilan tanishamiz.
15-§. JISMNING TEKIS AYLANMA HARAKATI
Tekis aylanma harakat haqida tushuncha
Soat millari uchining, bir xil tezlikda ketayotgan velosiрed yoki avtomobil 
g‘ildiragining, ishlayotgan ventilyator parragining harakatini tekis aylanma 
harakat deyish mumkin. Eslatib o‘tamiz, tekis deganda yo‘nalish bo‘yicha 
tekis emas, vaqt o‘tishi davomida bir xil tezlikni tushunishimiz kerak. 
Agar moddiy nuqta aylana bo‘ylab ixtiyoriy teng vaqtlar orasida 
teng uzunlikdagi yoylarni bosib o‘tsa, bunday harakat tekis 
aylanma harakat deyiladi.
Moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab harakati deganda, aylanma harakat 
qilayotgan jismning biror nuqtasi ko‘zda tutiladi. Masalan, soat milining ma’lum 
bir nuqtasini, aytaylik, uchini moddiy nuqta deb qarash mumkin. Velosiрed 
yoki avtomobil g‘ildiragining o‘qidan ma’lum bir uzoqlikdagi nuqtasini ham 
moddiy nuqta deb olsa bo‘ladi. Bunda g‘ildirakning aylanma harakati yerga 
nisbatan emas, balki velosiрed yoki avtomobil korpusiga nisbatan qaraladi.


57
III bob. Tekis aylanma harakat
46-rasm. Turli nuqtalarning 
bosib otgan yo‘li
A
1
Δs
2
Δs
1
Δs
A
2
O B
2
B
1
A
B
˘
˘
˘

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling