I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Aylana bo‘ylab harakatda aylana radiusi burilish burchagining


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Aylana bo‘ylab harakatda aylana radiusi burilish burchagining 
shu burilish uchun ketgan vaqtga nisbati burchak tezlik deyiladi.
Burchak tezlik vektor kattalik bo‘lib, uning birligi rad/s da ifodalanadi. 
Aylanayotgan jismning barcha nuqtalarida burchak tezlik ω bir xil bo‘ladi.
Masala yechish namunasi
Anhordan suv chiqarish uchun charxpalak o‘rnatilgan. Uning o‘qidan 
1,5 m uzoqlikda chelakchalar mahkamlangan. Charxpalak bir marta to‘liq 
ay lanishiga 24 s vaqt ketsa, chelakchalarning burilish burchagi, chiziqli tez­
ligi va burchak tezligi qancha bo‘ladi?
Berilgan: Formulasi:
Yechilishi:
R = 1,5 m; Δφ = 2π; Δφ = 2 · 3,14 rad = 6,28 rad ; 
Δt = 24 s. Δφ = —
Δﬞ
R dan Δﬞs = ΔφR; Δs = 6,28 · 1,5 m = 9,42 m;
 Topish kerak: ; . ;
Δφ = ?
υ = ?
ω = ? 

Javob: Δφ = 6,28 rad; υ ≈ 0,4 m/s; ω ≈ 0,26 rad/s.
Tayanch tushunchalar: aylanma tekis harakat, chiziqli tezlik, burilish 
burchagi, radian, gradus, burchak tezlik.
1. Radiusi 10 sm bo‘lgan aylanadagi nuqta tekis harakat qilib, aylananing yarmini 
10 s vaqt davomida o‘tdi. Uning chiziqli tezligini toping.
ω = 6,28 rad ≈ 0,26 rad
24  s s
υ = 9,42 m ≈ 0,4 m
24  s s
Δφ
υ = —
Δﬞs
Δ ω = Δt
.
.


59
III bob. Tekis aylanma harakat
2. Yo‘lda ketayotgan velosiрed yoki avtomobil g‘ildiragi harakatini yerga nisbatan 
aylanma harakat deyish mumkinmi? Nima uchun?
1. G‘ildirak aylanishida 0,1 s davomida 1 rad ga buriladi. G‘ildirak o‘qi dan 5 sm, 
10 sm va 15 sm uzoqlikdagi nuqtaning chiziqli tezligini toping. G‘ildirak qanday 
burchak tezlik bilan aylanadi?
2. Velosiрed g‘ildiragining o‘qidan eng uzoq nuqtasi 0,02 s davomida 20 sm yoyni 
bosib o‘tdi. Velosiрedning tezligini toping.
3. Soatning 30 mm uzunlikdagi minut mili uchi 10 minutda 30 mm uzunlikdagi 
yoyni bosib o‘tadi. Minut mili uchining chiziqli tezligi, burilish burchagi va 
burchak tezligini toping.
4. Agar 47­rasmdagi aylananing radiusi 1 m bo‘lsa, 1 rad, 2 rad, 3 rad va 3,14 rad 
burchak qarshisidagi yoy uzunligi har bir hol uchun qancha bo‘ladi?
5. Istirohat bog‘idagi charxpalak savatlari aylanish o‘qidan 20 m uzoqlikda 
o‘rnatilgan. Charxpalak savati bir marta to‘liq aylanishiga 10 minut vaqt ketadi. 
Savatning chiziqli tezligi va burchak tezligi qancha bo‘ladi?

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling