I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Jism harakatidagi o‘zgarishning unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘­


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Jism harakatidagi o‘zgarishning unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘­
liqligi mexanikaning dinamika bo‘limida o‘rganiladi. Dinamika yunoncha 
dy n a mikas so‘zidan olingan bo‘lib, kuchga oid degan ma’noni bildiradi.
IV bob.
HARAKAT QONUNLARI
V bob.
TASHQI KUCHLAR TA’SIRIDA 
JISMLARNING HARAKATI


69
IV bob. Harakat qonunlari
IV bob.
HARAKAT QONUNLARI
Oldingi darslarda har bir harakat nisbiy ekanligini bilib oldik. Bitta 
harakatning unga olib keluvchi sabablari bilan o‘zaro bog‘liqligi turli sa-
noq sistemalarda ko‘rilganida, bir-biridan keskin farq qiladigan natijalar 
olinadi. Harakat va uning sabablari orasidagi bog‘liqlik ba’zi bir sanoq 
sistemalariga nisbatan ko‘rilganida esa juda sodda ko‘rinishga ega bo‘lar 
ekan. Bunday sistemalardan biri, masalan, Yer. Shu sababli dinamikani 
o‘rganishda Yerni sanoq sistemasi deb olsak bo‘ladi.
Dinamikaning asosiy qonunlari uchta bo‘lib, ular harakat qonunlari 
deyi ladi. Ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan 1687-yilda e’lon qilingan 
bu qonunlar insoniyatning ko‘p asrlik tajribasi natijalarini umumlashtirdi 
va yangi pog‘onaga olib chiqdi. Dinamikaga oid bilimlarning bir tizimga 
tushirilishi va foydalanish uchun qulay bo‘lgan matematik ko‘rinishda ifo-
dalanishi fan va texnika rivojiga katta turtki bo‘ldi. Bu qonunlar uning 
sharafiga Nyuton qonunlari deb ataladi.
18­§. JISMLARNING O‘ZARO 
TA’SIRI. KUCH
Jismlarning o‘zaro ta’siri
Tinch turgan jism boshqa jismlar bilan o‘zaro 
ta’sirlashishi natijasida harakatga kelishi mumkin. 
Harakatlanayotgan jism esa bunday ta’sir natijasi-
da tezligini yoki harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Tajriba. Ustiga temir bo‘lagi qo‘yilgan po‘kak-
ni idishdagi suv yuziga qo‘ying. Agar suv yuzidagi temirga magnit yaqin-
lashtirilsa, po‘kak ustidagi temir bilan birga magnit tomon suza boshlaydi 
(55-rasm). Temir bo‘lagining harakatiga sabab, uning magnit bilan o‘zaro 
ta’sirlashuvidir. Qo‘lingizdagi koptokchani tik yuqoriga otsangiz, u yuqo-
riga υ

boshlang‘ich tezlik bilan harakatlana boshlaydi. Bunda koptokcha-
ga siz ta’sir etdingiz. Yuqori ga ko‘tarilgan sari Yerning tortishi ta’sirida 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling