65
III bob. Tekis
aylanma harakat
1. Uzunligi 25 sm bo‘lgan iрga bog‘langan sharcha 5 m/s chiziqli tezlik bilan
aylanmoqda. Sharchaning markazga intilma tezlanishini toping.
2. Avtomobil 90 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda.
Agar avtomobil
g‘ildiragining radiusi 35 sm bo‘lsa, g‘ildirak chekkasidagi nuqtaning markazga
intilma tezlanishini toping.
3. Radiusi 12 sm bo‘lgan charx diski 1 minutda 1200 marta aylanmoqda. Charx
aylanish o‘qidan eng uzoq nuqtasining markazga intilma tezlanishini aniqlang.
4. Velosiрed 12 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. G‘ildirak
chekkasidagi nuqtaning
markazga intilma tezlanishi 250 m/s
2
. Velosiрed g‘ildiragining radiusi qancha?
5. Ventilyator parragining radiusi 15 sm, aylanish chastotasi 20 l/s. Ventilyator
parragining aylanish davri, burchak tezligi va parrak uchidagi nuqtaning chiziqli
tezligi hamda markazga intilma tezlanishini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: