I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

17-§. MARKAZGA INTILMA TEZLANISH
Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlikning yo‘nalishi
Sharcha R radiusli aylana bo‘ylab tekis hara kat 
qilayotgan bo‘lsin. Sharcha o‘z harakati davomi­
da Δt vaqt ichida A
1
nuqtadan A
2
nuqtaga, yana 
shuncha vaqt ichida A
2
nuqtadan A
3
nuqtaga o‘tsin 
(50-rasm).
Sharcha aylanma harakatda ma’lum Δt vaqt 
davomida Δs yoyni bosib o‘tadi. Δt vaqtni juda 
kichik deb olsak, shu ondagi oniy tezlikni topishimiz 
mumkin. Sharcha tekis harakat qila yotgani uchun 
A
1
, A
2
, A
3
nuqtalarda uning tezligi son jihatdan 
bir xil bo‘ladi. 
Lekin ularning yo‘ nalishi har xil bo‘ladi. Aylanma harakat davomida 
harakat yo‘nalishi doimiy o‘zgarib turgani uchun, bizni har bir ondagi 
tezlikning yo‘nalishi qiziqtiradi. Buni tekis aylanma harakat qilayotgan 
pichoq charxlash diskini kuzatib, uchqunlar yo‘nalishidan bilib olishimiz 
mumkin (51­rasm). Uchqunlar disk 
ning pichoq tegib turgan nuqtasiga 
o‘tkazilgan radiusga perpendikulyar, ya’ni aylana yoyiga urinma yo‘nalishda 
uchib chiqayotganligini ko‘ramiz. 
Demak, ay lananing har bir nuqtasidagi tezlik, 50-rasmda ko‘rsatil-
ganidek, aylana ra diusiga perpendikulyar yo‘nalishda bo‘ladi. Qorli yoki 
suvli yo‘llarda ketayotgan avto 
mobil g‘ildiraklaridan sachrayotgan loy­
suvning yo‘nalishi ham aylanaga urinma ravishda bo‘ladi. Aylanma tekis 
harakatda tezlikning yo‘nalishi uzluksiz ravishda o‘zgarib turgani uchun 
hisoblashda uni skalyar emas, vektor kattalik sifatida olishimiz lozim.
Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlanish
To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jism tezlanishida 
vaqt o‘tishi bilan harakat yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Biz faqat tezlik miqdori 
50-rasm. Tekis aylanma 
harakatda tezliklarning 
yo‘nalishi
A
1
O
R
υ

1
υ

2
υ

3
A
2
A
3


63
III bob. Tekis aylanma harakat
o‘zgarishini va vektor ko‘rinishi quyidagicha 
ekanligini ko‘rgan edik:
a

 = υ

 – υ

0
 
Tekis aylanma harakatda esa tezlik miqdori 
o‘zgarmaydi, faqat yo‘nalishi o‘zgaradi. Tezlik 
vektor kattalik bo‘lgani uchun ikkita vektorning 
moduli teng bo‘lib, lekin yo‘nalishi turlicha 
bo‘lsa, unday vektorlar ayirmasi nolga teng 
bo‘lmasligini bilamiz (52­rasm).
Buni 50-rasmda tasvirlangan sharchaning 
ha rakatida ko‘rsak, Δt vaqt ichida tezlik 
vektorlarining ayirmasi υ

2
– υ

1
yoki υ

3
– υ

2
noldan farqli bo‘ladi. Demak, tezlik vektori 
o‘zgarmoqda. Tezlikning o‘zgarishi esa aylanma 
harakatda tezlanish mavjud ekanligidan dalolat 
beradi. (1) formuladan sharchaning Δvaqt ichida 
A
1
nuqtadan A
2
nuqtaga o‘tishidagi harakat uchun tezlanish quyidagicha 
ifodalanadi:
a

 = υ

2
– υ

1
 
R radiusli aylana bo‘ylab υ

tezlik bilan tekis harakatlanayotgan jismning 
oniy tezlanishi quyi dagicha topiladi: 
a

 =υ


Formuladan aylanma harakatda aylana radiusi qancha kichik bo‘lsa, 
tezlanish shuncha katta bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Aylana radiusi 
kattalashib, to‘g‘ri chiziqqa yaqinlashgan sari tezlanish qiymati kama­
yib, nolga yaqishlashib boradi. To‘g‘ri chi ziq li tekis harakatda esa tezlik 
vektorlari ustma­ust tushadi. Natijada tezliklar qiymati va yo‘nalishi bir xil 
bo‘lib, tezlanish nolga teng bo‘lib qoladi. 

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling