I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlanish
17-§. MARKAZGA INTILMA TEZLANISH
Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlikning yo‘nalishi Sharcha R radiusli aylana bo‘ylab tekis hara kat qilayotgan bo‘lsin. Sharcha o‘z harakati davomi da Δt vaqt ichida A 1 nuqtadan A 2 nuqtaga, yana shuncha vaqt ichida A 2 nuqtadan A 3 nuqtaga o‘tsin (50-rasm). Sharcha aylanma harakatda ma’lum Δt vaqt davomida Δs yoyni bosib o‘tadi. Δt vaqtni juda kichik deb olsak, shu ondagi oniy tezlikni topishimiz mumkin. Sharcha tekis harakat qila yotgani uchun A 1 , A 2 , A 3 nuqtalarda uning tezligi son jihatdan bir xil bo‘ladi. Lekin ularning yo‘ nalishi har xil bo‘ladi. Aylanma harakat davomida harakat yo‘nalishi doimiy o‘zgarib turgani uchun, bizni har bir ondagi tezlikning yo‘nalishi qiziqtiradi. Buni tekis aylanma harakat qilayotgan pichoq charxlash diskini kuzatib, uchqunlar yo‘nalishidan bilib olishimiz mumkin (51rasm). Uchqunlar disk ning pichoq tegib turgan nuqtasiga o‘tkazilgan radiusga perpendikulyar, ya’ni aylana yoyiga urinma yo‘nalishda uchib chiqayotganligini ko‘ramiz. Demak, ay lananing har bir nuqtasidagi tezlik, 50-rasmda ko‘rsatil- ganidek, aylana ra diusiga perpendikulyar yo‘nalishda bo‘ladi. Qorli yoki suvli yo‘llarda ketayotgan avto mobil g‘ildiraklaridan sachrayotgan loy suvning yo‘nalishi ham aylanaga urinma ravishda bo‘ladi. Aylanma tekis harakatda tezlikning yo‘nalishi uzluksiz ravishda o‘zgarib turgani uchun hisoblashda uni skalyar emas, vektor kattalik sifatida olishimiz lozim. Aylana bo‘ylab tekis harakatda tezlanish To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jism tezlanishida vaqt o‘tishi bilan harakat yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Biz faqat tezlik miqdori 50-rasm. Tekis aylanma harakatda tezliklarning yo‘nalishi A 1 O R υ → 1 υ → 2 υ → 3 A 2 A 3 63 III bob. Tekis aylanma harakat o‘zgarishini va vektor ko‘rinishi quyidagicha ekanligini ko‘rgan edik: a → = υ → – υ → 0 Tekis aylanma harakatda esa tezlik miqdori o‘zgarmaydi, faqat yo‘nalishi o‘zgaradi. Tezlik vektor kattalik bo‘lgani uchun ikkita vektorning moduli teng bo‘lib, lekin yo‘nalishi turlicha bo‘lsa, unday vektorlar ayirmasi nolga teng bo‘lmasligini bilamiz (52rasm). Buni 50-rasmda tasvirlangan sharchaning ha rakatida ko‘rsak, Δt vaqt ichida tezlik vektorlarining ayirmasi υ → 2 – υ → 1 yoki υ → 3 – υ → 2 noldan farqli bo‘ladi. Demak, tezlik vektori o‘zgarmoqda. Tezlikning o‘zgarishi esa aylanma harakatda tezlanish mavjud ekanligidan dalolat beradi. (1) formuladan sharchaning Δt vaqt ichida A 1 nuqtadan A 2 nuqtaga o‘tishidagi harakat uchun tezlanish quyidagicha ifodalanadi: a → = υ → 2 – υ → 1 R radiusli aylana bo‘ylab υ → tezlik bilan tekis harakatlanayotgan jismning oniy tezlanishi quyi dagicha topiladi: a → =υ → 2 Formuladan aylanma harakatda aylana radiusi qancha kichik bo‘lsa, tezlanish shuncha katta bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Aylana radiusi kattalashib, to‘g‘ri chiziqqa yaqinlashgan sari tezlanish qiymati kama yib, nolga yaqishlashib boradi. To‘g‘ri chi ziq li tekis harakatda esa tezlik vektorlari ustmaust tushadi. Natijada tezliklar qiymati va yo‘nalishi bir xil bo‘lib, tezlanish nolga teng bo‘lib qoladi. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling