I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
III BOB BO‘YICHA xULOSALAR
♦ Tekis aylanma harakat qilayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar orasida teng yoylarni bosib o‘tadi. ♦ Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli tezligi: υ = Δ ˘s Δt ♦ Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning burchak tezligi: ω = Δφ Δt ♦ Tekis aylanma harakatda chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat: υ = ωR. ♦ Aylanish davri — jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt: T = Δt . n ♦ Aylanish chastotasi — vaqt birligidagi aylanishlar soni: v = . ∆t n ♦ Aylanish davri formulalari: T = , v 1 T = 2πR υ , T = 2π ω . ♦ Aylanish chastotasi formulalari: v = , T 1 v = 2πR υ , v = 2π ω . ♦ R radiusli aylana bo‘ylab υ chiziqli tezlik bilan tekis harakatlanayotgan jism tezlanishga ega: a = . υ 2 R Tezlanish vektori a → aylana markazi tomonga yo‘nalgani uchun markazga intilma tezlanish deb ataladi. ♦ Bir marta to‘liq aylanish burchagi: = 2 π rad = 360 0 φ = 2πR υ . . . 3 – Fizika 7. 66 Kinematika asoslari III BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR 1. 50 sm li iрga bog‘langan sharcha minutiga 36 marta aylanmoqda. Uning aylanish chastotasi, davri, chiziqli va burchak tezliklarini toping. 2. Radiusi 20 sm bo‘lgan ventilyator parragining uchi 25 m/s chiziqli tezlik bilan aylanmoqda. Ventilyator parragining aylanish davri, chastotasi va burchak tezligini toping. 3. Oyning Yer atrofida aylanish chastotasini va chiziqli tezligini toping. Oyning Yer atrofida aylanish davri 27 sutka 7 soat 43 minut. Yer markazidan Oygacha bo‘lgan masofani 3,9 · 10 8 m deb oling. 4. Yerning Quyosh atrofida aylanish davri 365 sutka 5 soat 48 minut 46 sekund. Yerning Quyosh atrofida aylanish chastotasi va chi- ziqli tezligini to ping. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofani 1,5 ּ 10 11 m deb oling. 5. Ekvatorda turgan jismning Yer markaziga nisbatan aylanish chastotasini va markazga intilma tezlanishini toping. Yerning radiusini 6400 km deb oling. 6. Barabanining diametri 12 sm bo‘lgan chig‘ir yordamida yuk 1 m/s tezlik bilan ko‘tarilmoqda. Chig‘ir barabanining aylanish chastotasini toping. 7. Poyezd egrilik radiusi 1000 m bo‘lgan burilishda 54 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Poyezdning markazga intilma tezlanishini toping. 8. Avtomobil 90 km/soat tezlik bilan harakatlanganda g‘ildiraklarining aylanish chastotasi 10 1/s bo‘lsa, g‘ildirakning yerga tegadigan nuqtalarining markazga intilma tezlanishi qancha bo‘ladi? 9. Soatning minut strelkasi sekund strelkasidan 3 marta uzun. Strelkalar uzunligining chiziqli tezliklari nisbatini toping. 10. Jismning aylana bo‘ylab harakatida uning aylanish radiusi 2 marta ortib, tezligi 2 marta kamaygan bo‘lsa, uning aylanish davri qanday o‘zgaradi? 11. Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishini Oyning markazga intilma tezlanishiga nisbatini hisoblang. Oy orbitasining radiusi 60 Yer radiusiga teng. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling