I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- DINAMIKA ASOSLARI
KINEMATIKA BO‘LIMI BO‘YICHA
TEST SAVOLLARI 1. Hаrаkаtlаnаyotgаn pоyezd vаgоnidа o‘tirgаn оdаm nimаlаrgа nisbаtаn tinch hоlаtdа? А) vаgоngа nisbаtаn; C) vаgоngа vа yergа nisbatan; B) yergа nisbаtаn; D) relsga nisbаtаn. 2. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Neksiya” avtomobili 25 s davomida tezligini 36 km/soat dan 72 km/soatga oshirdi. “Neksiya” avto mobilining tezlanishini toping (m/s 2 ): A) 10; B) 0,4; C) 25; D) 36. 3. 0,4 m/s 2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning ma’lum vaqtdagi tezligi 9 m/s ga teng. Jismning shu vaqtdan 10 s oldingi paytdagi tezligi qancha bo‘lgan (m/s)? A) 0,4; B) 5; C) 4; D) 10. 4. Yеr Quyоsh аtrоfida аylаnаyоtgаnda mоddiy nuqtа bо‘lаdimi? А) mоddiy nuqtа bо‘ladi; B) mоddiy nuqtа bо‘lmаydi; C) mоddiy nuqtа bо‘lishi hаm, bо‘lmаsligi hаm mumkin; D) Yеr Quyоsh аtrоfida аylаnmagаnda mоddiy nuqtа bо‘lаdi. 5. Velosipedchi tekis harakatlanib, 20 minutda 6 km yo‘lni bosib o`tdi. Velosipedchining tezligini toping (m/s): A) 5; B) 20; C) 6; D) 30. 6. Vеlоsipеdchi 10 minut dаvоmidа 2700 m, kеyin qiya tеkislikdа 1 minutda 900 m vа yanа 1200 m yo‘lni 4 minutdа bоsib o‘tdi. Vеlоsipеdchining o‘rtаchа tеzligini tоping (m/min): A) 1600; B) 320; C) 98; D) 490. 7. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakat qilib, tepalikka chiqmoqda. Uning o‘rtacha tezligi 36 km/soat, oxirgi tezligi 2 m/s bo‘lsa, boshlang‘ich tezligi qanday (m/s) bo‘lgan? A) 18; B) 20; C) 15; D) 10. 68 DINAMIKA ASOSLARI Biz kinematika bo‘limida jismning harakatini soddalashtirib o‘rganish uchun jismga ta’sir etuvchi kuchlarni e’tiborga olmagan edik. To‘g‘ri chiziqli tekis va notekis harakat haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Jismning ilgarilanma va aylanma harakatlarini turli ko‘rinishda ifodalashni ham o‘rga- nib oldik. Endi biz nima sababdan jismlar o‘zgaruvchan harakat qiladi, ularning tez- lanish olishiga olib keluvchi omillar nimadan iborat, degan savollarga javob qidiramiz. Shunday ekan, bizni jismlar harakatidagi sodir bo‘ladigan o‘zga- rishlarning jismlar massasi va ular orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuchlarga bog‘liqligi qiziqtirishi shubhasiz. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling