76
Dinamika asoslari
20§. JISM MASSASI
Jismlarning inertligi
Tajriba. Biriga elastik plastinka mahkam-
langan ikkita bir xil aravachani 66-rasmda
ko‘rsatilganidek stol ustiga qo‘yaylik.
Bukil-
gan plastinkani tortib turgan iрni uzib yubor-
sak, elastik plastinka ikkala aravachaga bir xil
ta’sir etib, ularni ikki tomonga turtib yuboradi.
Bunda ikkala aravacha
bir xil tezlanish oladi,
ya’ni:
→
a
1
=
→
a
2
.
Endi ikkinchi aravacha ustiga yuk qo‘yib, yuqoridagi tajribani takror-
laylik (67-rasm). Lekin bu holda birinchi aravacha ikkinchi aravachaga
qaraganda uzoqroqqa borib to‘xtaydi, ya’ni
birinchi aravacha olgan tez-
lanish ikkinchisiga nisbatan katta bo‘ladi:
→
a
1
>
→
a
2
.
67-rasmdagi ikkinchi aravachaning ustiga
qo‘yilgan yuk miqdori qancha ortib borsa,
uning olgan tezlanishi shuncha kichik bo‘lib
boradi. Ya’ni yuk qancha katta bo‘lsa, uning
tinchlik holatini o‘zgartirish
shuncha qiyin
kechadi. Yuk katta bo‘lganda, jismning tinch
yoki harakatdagi holatini saqlashga urinish
qobiliyati katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: