83
IV bob. Harakat qonunlari
shunday kuch bilan tortilganligini ko‘rsatadi.
Tortayotgan kuch miqdori qanday bo‘lishidan
qat’i nazar, qarama-qarshi
tortayotgan kuch
miq doriga teng ekanligini kuzata miz. Shu bi-
lan birga biz dinamometrlarni
qarama-qarshi
tomonlarga tortganimiz uchun bu kuchlarni
vektor ko‘rinishda bir chiziq bo‘ylab qara-
ma-qarshi yo‘nalgan kuch ko‘rinishida
ifoda-
lashimiz kerak bo‘ladi. Prujinalari cho‘zilish-
ga mo‘ljallangan dinamometrlar kabi siqilishga
mo‘ljallangan dinamometrlarda
ham bi rin chi
dinamometr ikkinchisiga qanday kuch bilan
ta’sir etayotgan bo‘lsa,
ikkinchi dinamometr
birinchisiga ana shunday kuch bilan ta’sir
etayotganligi kuzatiladi. 72-rasmdagi bi rinchi
qayiqchi ikkinchi qayiqchini
qanday kuch bilan tortsa, ikkinchi qayiqchi
ham birinchi qayiqchini shunday kuch bilan tortadi.
Natijada ikkala qayiq
ham bir-biri tomon harakatlanadi. Agar qayiqchi boshqa qayiqni emas,
qirg‘oqdagi
daraxtni tortsa, o‘zi daraxtga shunday kuch bilan tortiladi (73-
rasm). Xuddi shunday, 66-va 67-rasmlarda tasvirlangan aravachalarga ta’sir
etayotgan kuchlar ham o‘zaro teng bo‘lsa-da, ular bir-biriga qarama-qarshi
yo‘nalgan. Bu qonuniyat barcha ta’sirlashuvchi jismlar uchun o‘rinlidir.
Shuning uchun aravachalarga ta’sir etayotgan kuchlar ning vektor ko‘ri-
nishidagi muno sabatlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
F
→
1
= −
F
→
2
, (2)
bunda minus ishora vektor bo‘lgan
F
→
2
kuch
F
→
1
kuchga qarama-qarshi yo‘nal-
ganligini bildiradi (bu kuchlar bir to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalganligini esdan
chiqarmaslik kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: