I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
22§. NYUTONNING UCHINCHI QONUNI
Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta’siri bir tomon- lama bo‘lmay, doimo o‘zaro bo‘ladi. Bir jism ikkinchi jismga ta’sir etsa, ikkinchi jism ham birinchi jismga ta’sir ko‘rsatadi. 20-§ da o‘tkazilgan tajribani yana bir bor tahlil qilib ko‘raylik. 66-rasm- da tasvirlangan aravachalarning massalari o‘zaro teng, ya’ni m 1 = m 2 . Bi- rinchi aravachadagi egilgan plastinka iрi uzib yuborilsa, ikkala aravacha qarama-qarshi tomonga bir xil tezlanish ( → a 1 = → a 2 ) bilan harakat qila bosh- laydi. Demak, ikkala aravachaga bir xil kattalikda, lekin qarama-qarshi yo‘nalgan F 1 va F 2 kuchlar ta’sir etmoqda. O‘zaro ta’sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo‘lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun 67-rasmda tasvirlangan tajribani yana bir bor tahlil qilib chiqaylik. Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo‘yish bilan uning massasi oshiril- gan va m 2 > m 1 deb olingan. Bukilgan plastinkani tortib turgan iр uzib yuborilganida, ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya’ni a 1 > a 2 bo‘lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikiga nisbatan necha marta katta bo‘lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo‘ladi. Lekin har bir aravacha massa sining olgan tezlanishiga ko‘paytmasi o‘zaro teng bo‘laveradi: m 1 a 1 = m 2 a 2 . Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan m 1 · a 1 = F 1 va m 2 ·a 2 = F 2 . Demak, massalari turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta’sir kuchlari miqdor jihatdan teng bo‘ladi, ya’ni: → F 1 = → F 2 . (1) Ikkita dinamometrni bir-biriga ulab, ularni qarama-qarshi tomonga tort- sak (71-rasm), har ikki dinamometr ko‘rsatkichi bir xil ekanligini ko‘ramiz. Bu birinchi dinamometr qanday kuch bilan tortilsa, ikkinchisi ham xuddi Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling