I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushunchalar: jismlarning inertligi, massa, jismlar siste-
masining massasi. 
1. Qadimda foydalanilgan qanday o‘lchov birliklarini bilasiz? Ularning hozir foy-
dalanilayotgan Xalqaro birliklar sistemasidagi o‘lchov birliklari bilan munosa-
batlarini yozing.
2. Nima uchun modda miqdorining o‘lchovi sifatida massadan foydalaniladi?
21­§. NYUTONNING IKKINCHI QONUNI
Tezlanish va kuch orasidagi munosabat
Jismga kuch ta’sir etmasa yoki ta’sir etuvchi kuchlarning vektor yig‘in-
disi nolga teng bo‘lsa, jism o‘zgarmas tezlikda harakat qilishini bilib 
oldik. Tezligini o‘zgartirishi, ya’ni tezlanish olishi uchun esa jismga 
qan daydir kuch ta’sir etishi kerak. Jism tezlanish olishi uchun bu kuch 
unga qanday ta’sir etadi? Boshlang‘ich tezliksiz a tezlanish bilan to‘g‘ri 
chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jismning t vaqtda bosib 
o‘tgan yo‘li s = at
2
/2 ko‘ri nishda ifodalanadi. Bu formuladan jismning 
tezlanishini topish mumkin: 
a = 2s

t
2
. (1)
Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘raylik. 


79
IV bob. Harakat qonunlari
1­tajriba. Gorizontal stol ustida harakatlanadigan m massali aravachani 
olaylik. Aravachaga D dinamometrni mahkamlab, dinamometrning ikkin-
chi uchiga G‘ g‘altakdan o‘tkazilgan ip orqali P pallachani osamiz. Dina-
mometrning ko‘rsatishlariga qarab, aravachaga ta’sir etayotgan F kuchni 
aniqlash mumkin.
1. Pallachaga shunday yuk qo‘yaylikki, aravacha ushlab turilganda di-
namometrning ko‘rsatishi, deylik, F
1
= 0,1 N bo‘lsin. Aravachani qo‘yib 
yuborganimizda, u s = 1 m masofani t
1
= 4,5 s da bosib o‘tsin. U holda 
(1) formuladan aravacha olgan tezlanish a

≈ 0,1 m/s
2
ekanligini topamiz 
(≈ – taqriban, ya’ni yaxlitlangan qiymat belgisi).
2. Pallachadagi yuk massasini oshirib, arava-
chaga ta’sir etayotgan kuchni F
2
= 0,2 N qilib 
olaylik. U holda aravacha 1 m yo‘lni t
2
= 3 s da 
bosib o‘tganligini aniqlash mumkin. Bunda ara-
vachaning olgan tezlanishi a
2
≈ 0,2 m/s
2
bo‘ladi.
3. Kuch F
3
= 0,3 N deb olinganda, aravacha 
1 m yo‘lni t
3
= 2,5 s da bosib o‘tadi. Uning ol-
gan tezlanishi esa a
3
≈ 0,3 m/s
2
ga teng bo‘ladi.
Tajriba natijalaridan ko‘rinadiki, aravachaga 
ta’sir etayotgan F kuch necha marta ortsa, ara-
vacha olgan a tezlanish ham shuncha marta ortadi (69-rasm), ya’ni:
a ~ F (2)

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling