I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushunchalar: Nyutonning uchinchi qonuni, aks ta’sir ku-
chi, aks ta’sir qonuni.
1. Uchayotgan havo shari va qo‘limiz orasidagi ipga kichik bir yuk osilgan bo‘lsa, 
bu ip bo‘yicha uchta kuch ta’sir etmoqda: shar ipni yuqoriga tortadi; yukning 
og‘irlik kuchi uni pastga tortadi; barmog‘imiz ipni gorizontal yo‘nalishda tor-
tadi. Bu ta’sir kuchlariga aks ta’sir kuchlarini topib, chizmada ko‘rsating.
1. Baliqchilik havzasida ikkita bir xil qayiq qirg‘oqqa tomon suzib kelmoqda.
Ulardan biri arqon bilan qirg‘oqqa mahkamlangan. Birinchi qayiqdan qirg‘oqqa 
tashlangan arqonni qirg‘oqda turgan va qayiqdagi baliqchi tortishmoqda. 
Qirg‘oqqa mahkamlangan ikkinchi qayiqdagi baliqchi ham o‘z arqonini tort-
moqda. Agar ular bir xil kuch sarflayotgan bo‘lishsa, qaysi qayiq qirg‘oqqa 
birinchi bo‘lib yetib keladi?
2. Dinamometrning ikki uchidan ikkita ot tortmoqda. Ularning har biri uni 100 N 
kuch bilan tortmoqda. Dinamometr necha N kuchni ko‘rsatadi?
3. Aravachada turgan bola devorga mahkamlangan arqonni 80 N kuch bilan tort-
ganda, aravacha 1 s ichida 2 m/s tezlik oldi. Bolaning aravacha bilan birga-
likdagi massasi va tezlanishini toping.
4. Tinch turgan jismga 5 N kuch ta’sir etganda, u 1 m/s
2
tezlanish oldi. Shu jism 
4 m/s
2
tezlanish olishi uchun unga qanday kattalikdagi kuch ta’sir etishi kerak?
23­§. HARAKAT QONUNLARINING AYLANMA
HARAKATGA TATBIQI
Markazga intilma kuch
Aylana bo‘ylab bir xil tezlik-
da harakat qilayotgan jismning 
chiziqli tezligi turli vaqtda turli 
yo‘nalishga ega bo‘lganligi sa-
babli jism tezla nishga ega bo‘la-
di. Bunday tez lanishni markazga 
intilma tez lanish (a
i
) deb atagan 
edik. m massali sharcha R uzunlikdagi ipga bog‘langan holda υ chiziqli tezlik 
bilan aylantirilayotgan bo‘lsin (76-rasm), bunda sharcha olgan a
i
markazga 
intilma tezlanishi quyidagicha ifodalanishini bilamiz:
76­rasm. Aylanma harakatda sharchaga ta’sir 
etayotgan kuchlar
F

i
F

q
υ

R


87
IV bob. Harakat qonunlari
a
i
 = υ
2
R
.
(1)
Jism harakatidagi har qanday tezlanishni faqat kuch yuzaga keltiradi. 
Aylanma harakatda tezlanish qanday kuch ta’sirida sodir bo‘ladi?
Aylanma harakatda tezlanish jismning aylanish markaziga yo‘nalganligi-
ni bilamiz. Aylanma harakatda jismga ta’sir etayotgan kuch ham tezlanish 
yo‘nalishida, ya’ni aylanish markaziga intilgan bo‘ladi. Demak, jism aylan-
ma harakat qilishi uchun unga doimo aylana markaziga yo‘nalgan kuch 
ta’sir etib turishi kerak ekan. Agar bu kuch bo‘lmasa, jism yana to‘g‘ri 
chiziq li tekis harakatini davom et tiradi. Jismni aylanma harakat qil diruvchi 
kuch markazga intilma kuch deb ataladi va uni F
i
bilan belgilaymiz. Nyu-
tonning ikkinchi qonuniga binoan F
i
= ma
i
ekanligidan:
F

=
2
.
(2)

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling