88
Dinamika asoslari
Chelakchaning
yarmigacha suv solib, uni boshimiz uzra tez aylantirgani-
mizda, suv to‘kilmaydi. Aylanma harakat qilayotgan chelakcha va suvga
ta’sir qiluvchi markazdan qochma kuch tufayli
suv aylana markazidan qo-
chadi, ya’ni idish tubiga qarab harakat qiladi, buning natijasida u to‘kilmay-
di. Markazdan qochma kuchning mavjudligidan turmushda foydalaniladi.
Masalan, yuvilgan kiyim maxsus quritish barabaniga solinib, katta
tez lik
bilan aylantiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida kiyimdagi suv zarra-
chalari barabanning to‘r shaklidagi devorlaridan otilib chiqib, kiyim quriydi.
Shuningdek, sut separatori yordamida sutdan qaymoq ajratib olinadi.
Bunda
separator barabani katta tezlikda aylanishi natijasida uning ichidagi sut ikki
qismga ajraladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida og‘ir yog‘siz sut chiqib
ketadi va maxsus idishga yig‘iladi. Baraban markazida esa yog‘li
yengil
sut (qaymoq) qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: