I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Deformatsiya deb tashqi kuch ta’sirida jismlar shakli va


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Deformatsiya deb tashqi kuch ta’sirida jismlar shakli va 
o‘lchamining o‘zgarishiga aytiladi.
Deformatsiyalar elastik va plastik deformatsiyalarga bo‘linadi. Tashqi 
kuch ta’siri to‘xtagandan keyin jismning o‘zgargan shakli va o‘lchami av-
valgi holatiga qay tsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya bo‘ladi. 
Masa lan, cho‘zilgan rezina yoki prujina tashqi ta’sir to‘xtatilgandan keyin 
o‘z holatiga qaytadi. Chizg‘ichni biroz egib, so‘ng qo‘yib yuborilsa, u yana 
to‘g‘rilanib qoladi. Bunday jismlar elastik jismlar deyiladi.
Hamma jismlar ham o‘z shaklini qayta tiklamaydi. Ta’sir etayotgan 
tashqi kuch to‘xtaganda jismning shakli va o‘lchami tiklanmasa, bunday 
deformatsiya plastik deformatsiya bo‘ladi. Masalan, plastilin ezilsa yoki 
cho‘zilsa, u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bunday jismlar plastik jismlar 
deyiladi. Quyida biz faqat elastik jismlar bilan ish ko‘ramiz.
Elastiklik kuchining namoyon bo‘lishi
78-a rasmda ikki tayanchga gorizontal holatda qo‘yilgan yupqa taxta 
tasvirlangan. Agar taxta o‘rtasiga bola o‘tirsa, taxta pastga egilib to‘xtaydi 
(78-b rasm). Taxtaning egilishini qanday kuch to‘xtatib qoladi? Bolaning 
og‘irlik kuchi ta’sirida taxta egiladi, ya’ni deformatsiyalanadi. Agar bo-
laning og‘irlik kuchini tashqi kuch F
t
desak, taxtaning egilishiga qarshi-
lik qilayotgan ichki kuch elastiklik kuchi F
el
bo‘ladi. F
el
kuch F
t
kuchga 
77­rasm. Jismning 
cho‘zilishi va siqilishi
F
el
F
el


90
Dinamika asoslari
qarama-qarshi yo‘nalganligi uchun ular miqdor jihatdan 
tenglashganda, taxta egilishdan to‘xtaydi. Bunda Nyu-
tonning uchinchi qonuni o‘rinli bo‘ladi:

F
t
= – 

F
el
. (1)

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling