I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Jismga boshqa jism ta’sir etmaganda uning tinch yoki to‘g‘ri chiziq­


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Jismga boshqa jism ta’sir etmaganda uning tinch yoki to‘g‘ri chiziq­
li tekis harakat holatini saqlash xossasiga inertlik deyiladi.
Jismga kuch ta’sir qilganda, shu jism inertligining katta yoki kichikligi 
namo yon bo‘ladi. Haqiqatan ham, gantelni shtangaga nisbatan ko‘tarish, 
ya’ni harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga 
nisbatan kichik. O‘yinchoq mashinani qo‘limiz bilan turtib yuborsak, u 
harakatlanadi. Lekin haqiqiy mashinani turtib yurgizish uchun ancha katta 
kuch kerak bo‘ladi. Chunki haqiqiy mashinaning inertligi katta. Poyezd-
ning inertligi har qanday mashina inertligidan katta. Shuning uchun po-
67­rasm. Inertligi har xil bo‘lgan 
aravachalarning harakati
I
I

a
1

a
1


a
2

a
2
II
II
66­rasm. Inertligi bir xil 
bo‘lgan aravachalarning 
harakati
I
I

a
1

a
1


a
2

a
2
II
II


77
IV bob. Harakat qonunlari
yezdni joyidan qo‘zg‘atib, tezligini oshirish va aksincha, u harakatda bo‘lsa, 
to‘xtatish qiyin. Katta tezlikda ketayotgan poyezd ning to‘xtashi uchun katta 
kuch va vaqt kerak bo‘ladi.
Jismning inertligi qancha katta bo‘lsa, uning tinch yoki to‘g‘ri 
chiziqli tekis harakat holatini o‘zgartirish shuncha qiyin kechadi.
Massa
Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Tajribalardan ko‘rinadiki, bitta 
jism o‘rniga shunday kattalikdagi ikkita jism bir-biriga yopishtirib qo‘yilsa, 
bir xil kattalikdagi kuch ta’sirida ularning olgan tezlanishlari ikki mar-
ta kamayadi. Bir xil hajmdagi turli moddalardan tayyorlangan jismlar bir 
xil kuch ta’sirida turlicha tezlanish oladi, ya’ni inertligi turlicha miqdorda 
bo‘ladi. Demak, har bir jism inertligini jism ma’lum kuch ta’sirida olgan 
tezlanishini mexanik usulda o‘lchash yo‘li bilan topish mumkin. 
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, turli jismlarning inertligi turlicha 
miqdorda bo‘ladi. Har bir jismning inertligi shu jismning o‘zigagina xos 
kattalikdir. Jismlarning inertligini taqqoslash uchun maxsus kattalik – massa 
qabul qilingan.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling