I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Tayanch tushunchalar: jismning inersiyasi, Nyutonning birinchi 
qonuni.
1. Katta tezlikda ketayotgan avtobusda haydovchi birdaniga tormozni bossa, 
yo‘lovchilar qanday harakat qilishadi? Sizningcha, to‘satdan boshlangan bu 
harakat tezligi qanday kattaliklarga bog‘liq?
2. Jismga bir-biriga nisbatan burchak ostida ta’sir etayotgan uchta kuch vektorlari 
yig‘indisini chizmada chizib ko‘rsating. 
64­rasm. To‘p tepilmasa, 
u tinch holatini saqlaydi
65­rasm. Tepilgan to‘pning harakati


76
Dinamika asoslari
20­§. JISM MASSASI
Jismlarning inertligi
Tajriba. Biriga elastik plastinka mahkam-
langan ikkita bir xil aravachani 66-rasmda 
ko‘rsatilganidek stol ustiga qo‘yaylik. Bukil-
gan plastinkani tortib turgan iрni uzib yubor-
sak, elastik plastinka ikkala aravachaga bir xil 
ta’sir etib, ularni ikki tomonga turtib yuboradi. 
Bunda ikkala aravacha bir xil tezlanish oladi
ya’ni:

a



a

.
Endi ikkinchi aravacha ustiga yuk qo‘yib, yuqoridagi tajribani takror-
laylik (67-rasm). Lekin bu holda birinchi aravacha ikkinchi aravachaga 
qaraganda uzoqroqqa borib to‘xtaydi, ya’ni birinchi aravacha olgan tez-
lanish ikkinchisiga nisbatan katta bo‘ladi:

a



a

.
67-rasmdagi ikkinchi aravachaning ustiga 
qo‘yilgan yuk miqdori qancha ortib borsa, 
uning olgan tezlanishi shuncha kichik bo‘lib 
boradi. Ya’ni yuk qancha katta bo‘lsa, uning 
tinchlik holatini o‘zgartirish shuncha qiyin 
kechadi. Yuk katta bo‘lganda, jismning tinch 
yoki harakatdagi holatini saqlashga urinish 
qobiliyati katta bo‘ladi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling