I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nyutonning birinchi qonuni
nish masofasi deb ataladi.
Nyutonning birinchi qonuni Nyuton o‘zidan oldin yashab ijod etgan olimlarning xulosalariga, o‘zining kuzatish va tajribalari natijalariga asoslanib, inersiya qonunini quyidagicha ta’rifladi: Jismga kuch ta’sir etib, uni tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatidan chiqarmagun cha, u shu holatini saqlaydi. Bu qonun Nyutonning birinchi qonuni deb ataladi. Uni boshqacha ta’riflash ham mumkin: Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u doimiy bir xil tez likda harakat qiladi yoki o‘zining tinch holatini saqlaydi. Ipga osib qo‘yilgan sharchaga Yer tortish kuchi → F 1 ta’sir etib, pastga tushirishga harakat qilsa, ip → F 2 kuch bilan uni tepaga tortib, tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi (63-rasm). Nati- jada sharcha osilgan holda tinch turadi. Agar ip uzib yuborilsa, jism pastga tushib ketadi. Bu yerda 6-betda keltirilgan Ibn Sino ning ishkomning qulashi haqidagi misolini eslash o‘rinli. Ya’ni ishkom unga ta’sir etuvchi ikkita kuching tengligi sababli muvozanatda turgan edi. Yuqoriga ko‘tarib turuv chi ustun ta’siri olib tashlangani- da esa og‘irlik kuchi ta’sirida ishkom harakatga keldi va qulab tushdi. 63rasm. Kuchlar muvozanati F → 1 F → 2 Isaak Nyuton 75 IV bob. Harakat qonunlari Demak, ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati, ya’ni ular ning vektor yig‘indisi no‘lga teng bo‘lgan ho- latda ham jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Nyutonning birinchi qonunini quyidagicha tu- shuntirish mumkin: 1. Tinch holatda turgan, ya’ni υ = 0 bo‘lgan jismga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha, u o‘zi- ning tinch holatini saqlaydi. Bu jism boshqa jismlar ta’sir etgandagina harakatga kelishi mumkin. Masalan, maydonda tinch turgan to‘pga bosh- qa jism – futbolchining oyog‘i ta’sir etmaguncha, u o‘zining tinch holatini saqlaydi (64-rasm). To‘p tepilsa, ya’ni unga biror jism ta’sir etsa, uning tinch holati buziladi va u harakatga keladi. Xuddi shunday, tinch turgan vagonga boshqa jism – teplovoz ta’sir etmaguncha, u jo yidan qo‘zg‘almaydi. 2. Jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u o‘zining to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Masalan, to‘p tepilganda u υ o bosh- lang‘ich tezlik oladi. To‘p yerga nisbatan bur chak ostida υ o o‘zgarmas tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli harakat qilishi kerak edi. Lekin to‘p Yerning tortishish kuchi va havoning qarshiligi ta’sirida egri chiziqli harakat qiladi (65-rasm). Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling