I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

19­§. NYUTONNING BIRINCHI 
QONUNI — INERSIYA QONUNI
Jismning inersiyasi
Tajribalar va kuzatishlar jismning tezligi o‘z-o‘zidan o‘zgarib qolmasligi-
ni ko‘rsatadi. Maydonda yotgan koptokga kimdir ta’sir qilsagina, u harakat-
ga keladi. Ko‘chada yotgan toshga hech qanday jism ta’sir etmasa, u o‘sha 
joyda yotaveradi. Ta‘sir natijasida jism tezligining miqdorigina emas, balki 
harakat yo‘nalishi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, tennis shari raketkaga 
urilgach, o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. 
Jism tezligining o‘zgarishi (miqdori yoki yo‘nalishi) unga boshqa 
jismlar ta’siri natijasida yuz beradi.
Jism tezlanish olishi uchun unga boshqa bir jism yoki jismlar sistemasi 
ta’sir etishi kerak. Bir sharga boshqa shar kelib urilsa, tinch turgan shar 
qan
 daydir a
1
tezlanish olib, harakatga keladi. Shu bilan birga, kelib urilgan 
shar ham tezligini o‘zgartiradi, ya’ni a
2
tezlanish oladi. Tezlikning o‘zga-
rishi, ya’ni tezlanish deyilganida, tezlikning miqdorinigina emas, yo‘nali-
60­rasm. Uchta kuch 
muvozanati
F

3
F

1
F

2
F

12


73
IV bob. Harakat qonunlari
shi ham o‘zgarishi mumkinligini esda 
tutish kerak. Agar sharlar bir xil mate-
rialdan tayyorlanib, o‘lchamlari bir xil 
bo‘lsa, ular olgan tezlanish ham qiymat 
jihatidan bir xil bo‘ladi. Agar o‘lcham-
lari turlicha bo‘lsa, katta shar kam tezla-
nish, kichigi esa katta tezlanish olganini 
ko‘ramiz. Bu holda, katta shar kichigidan 
inert liroq deyiladi. Tinch turgan jismni 
harakatga keltirish uchungina emas, balki 
harakatdagi jismni to‘xtatish uchun ham 
kuch ishlatish ke rak bo‘ladi. Inersiya (lotincha harakatsizlik, faoliyatsizlik
jismlarning asosiy xossalaridan biri bo‘lib, boshqa jismlar ta’sirida jismning 
qanday tezlanish olishi unga bog‘liq.
Tajriba o‘tkazib ko‘raylik. Qiyalikdan tushib kelayotgan aravacha qarshisi-
ga qum to‘kib qo‘yaylik. Arava qumli to‘siqqa kelib urilib, to‘xtaydi (61-a
 
rasm). Agar qum kamroq sepilsa, u kattaroq masofaga borib to‘xtaydi (61-b 
rasm). Agar qum umuman sepilmasa, kam qarshilik natijasida arava yanada 
uzoqroq masofaga borib to‘xtaydi (61-d rasm). Qarshilik qancha kamaytirilsa, 
jism shuncha to‘g‘ri chiziqli tekis harakat tezligiga yaqin tezlikda bo‘ladi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling