I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

55­rasm. Magnit va 
temirning o‘zaro ta’siri


70
Dinamika asoslari
koptokchaning tezligi kamaya boradi. U ma’lum balandlikka ko‘tarilganida, 
tezligi nolga teng bo‘lib to‘xtaydi va so‘ngra pastga qarab tusha boshlaydi. 
Stol ustida tinch turgan sharchani turtib yuborsangiz, u joyidan qo‘zg‘aladi. 
U harakatga keladi, lekin sharcha va stol sirtining ishqalanishi ta’sirida 
sharchaning harakati sekinlashib boradi va to‘xtaydi.
Kuch
Jismlarning o‘zaro ta’siri miqdor jihatidan turli-
cha bo‘lishi mumkin. Masa lan, metall sharchani kat-
ta yoshdagi odam yosh bolaga qaraganda uzoqroqqa 
uloqtiradi. 100 kg li shtangani har kim ham ko‘tara 
olmaydi. Lekin shtangist uni dast ko‘tara oladi.
Mexanik ta’sir jismlarning bir-biriga bevosita tegi-
shi (kontaktda bo‘lishi) yoki ularning maydoni orqali 
sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, yerda turgan yukni 
tortish, itarish yoki ko‘tarish, prujinani cho‘zish yoki 
siqish, iрni eshish (burash) kabi holatlarda ta’sir jismlarning bir-biriga 
bevo sita tegishi orqali yuz beradi. Shuningdek, temir bo‘lagiga ta’sir (55-
rasm) magnit maydon orqali, jismlarning Yerga tortilishi esa gravitatsion 
maydon natijasida yuzaga keladi. Fizikada ko‘pincha tahlil qilinayotgan 
jismga qaysi jism va qanday ta’sir qilayotgani ko‘rsatilmay, faqat qis-
qagina qilib jismga kuch ta’sir etmoqda deyiladi. Jismlar o‘zaro ta’sirini 
tavsiflash uchun fizik kattalik – kuch tushunchasi kiritiladi. Demak, kuch 
jism tezli gini o‘zgartiruvchi sabab ekan. Kuch ta’sirida jismning hamma 
qismi tezligi o‘zgarmasdan, balki bir qismining tezligi o‘zgarishi mum-
kin. Masalan o‘chirgichning bir qismi siqilsa, uning shakli o‘zgaradi, ya’ni 
deformatsiyalanadi (56-rasm). Yuqorida keltirilgan barcha misollarda jism 
boshqa jism ta’siri ostida harakatga keladi, to‘xtaydi yoki o‘zining harakat 
yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni tezligi o‘zgaradi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling