I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning 
tezlanish olishiga sabab bo‘luvchi fizik kattalik kuch deb ataladi.
Kuch F harfi bilan belgilanadi va XBSda uning birligi qilib nyuton (N) 
qabul qilingan. Amalda kuchni o‘lchashda millinyuton (mN) va kilonyuton 
(kN) ham qo‘llaniladi. Bunda:
1 N = 1000 mN; 1 kN = 1000 N. 
56­rasm. Kuch 
ta‘sirida o‘chirgichning 
egilishi


71
IV bob. Harakat qonunlari
Kuch vektor kattalik bo‘lib, kuchning son qiymatidan tashqari uning 
yo‘nalishi va ta’sir etayotgan nuqtasini aniq ko‘rsatishimiz kerak (14-rasm).
Kuch kucho‘lchagich, ya’ni dinamometr yordamida o‘lchanadi.
Dinamometrlar qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 57-rasmda 
ulardan ayrimlari tasvirlangan.
Kuchlarni qo‘shish
Agar biror jismga bir nechta kuch ta’sir eta-
yotgan bo‘lsa, masalani soddalashtirish uchun ular-
ning jami ta’sirini bitta kuch ko‘rinishida ifodalash 
mumkin. Buning uchun jami kuchlarning vektor 
yig‘indisini topishimiz kerak. Masalan, aravachaga 
bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalish-
da 

F
1
= 3 N va 

F
2
= 5 N kuchlar ta’sir etayotgan 
bo‘lsin (58-a rasm). Bu vektor kuchlarning yig‘in-
disi 

F
 
 = 

F
 1


F
 2
miqdor jihatdan 8 N emas, balki 
2 N ga teng bo‘ladi. Aravacha shu | F | = 2 N kuch 
ta’sirida o‘ng tomonga harakatlanadi (58-b rasm). 
Endi ikkala kuch bir tomonga yo‘nalgan bo‘lsin 
(59-a rasm). Bunday holda ikkala kuchning kat-
taligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladi. Natijaviy kuch 
| F | = 8 N bo‘lib, aravacha shu kuch ta’sirida 
o‘ng tomonga kattaroq tezlikda harakatlanadi (59-b 
rasm). Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikkita emas, balki 
undan ortiq kuchlar ta’sir etsa, natijaviy kuch har 
bir kuchning yo‘nalishiga qarab, ularning katta- 
liklari qo‘shiladi yoki ayiriladi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling