I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat


Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/146
Sana03.08.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1664755
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146
Bog'liq
7-sinf fizika uzb

71­rasm. Qarama-qarshi tomonlarga tortilgan dinamometr ko‘rsatkichlari tengligi
|

F
1
| = |

F
2
|


83
IV bob. Harakat qonunlari
shunday kuch bilan tortilganligini ko‘rsatadi. 
Tortayotgan kuch miqdori qanday bo‘lishidan 
qat’i nazar, qarama-qarshi tortayotgan kuch 
miq doriga teng ekanligini kuzata miz. Shu bi-
lan birga biz dinamometrlarni qarama-qarshi 
tomonlarga tortganimiz uchun bu kuchlarni 
vektor ko‘rinishda bir chiziq bo‘ylab qara-
ma-qarshi yo‘nalgan kuch ko‘rinishida ifoda-
lashimiz kerak bo‘ladi. Prujinalari cho‘zilish-
ga mo‘ljallangan dinamometrlar kabi siqilishga 
mo‘ljallangan dinamometrlarda ham bi rin chi 
dinamometr ikkinchisiga qanday kuch bilan 
ta’sir etayotgan bo‘lsa, ikkinchi dinamometr 
birinchisiga ana shunday kuch bilan ta’sir 
etayotganligi kuzatiladi. 72-rasmdagi bi rinchi 
qayiqchi ikkinchi qayiqchini qanday kuch bilan tortsa, ikkinchi qayiqchi 
ham birinchi qayiqchini shunday kuch bilan tortadi. Natijada ikkala qayiq 
ham bir-biri tomon harakatlanadi. Agar qayiqchi boshqa qayiqni emas, 
qirg‘oqdagi daraxtni tortsa, o‘zi daraxtga shunday kuch bilan tortiladi (73-
rasm). Xuddi shunday, 66-va 67-rasmlarda tasvirlangan aravachalarga ta’sir 
etayotgan kuchlar ham o‘zaro teng bo‘lsa-da, ular bir-biriga qarama-qarshi 
yo‘nalgan. Bu qonuniyat barcha ta’sirlashuvchi jismlar uchun o‘rinlidir. 
Shuning uchun aravachalarga ta’sir etayotgan kuchlar ning vektor ko‘ri-
nishidagi muno sabatlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
F


= −F

2
, (2)
bunda minus ishora vektor bo‘lgan F

2
kuch F


kuchga qarama-qarshi yo‘nal-
ganligini bildiradi (bu kuchlar bir to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalganligini esdan 
chiqarmaslik kerak).

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling