I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
IV BOB BO‘YICHA XULOSA
Nyuton qonunlari oddiygina bo‘lib ko‘ringan ikkita formula: F → = ma → va F → 1 = – F → 2 bilan ifodalansa-da, ularda odatdan tashqari darajada ma’no mujassam. Atrofimizda sodir bo‘layotgan harakatlar: daryolarda suvning oqishi, Yer yuzida shamol va dovullarning turishi, yo‘llarda avtomobillarning betinim yurishi, osmonda samolyotlarning uchishi, kosmik fazoda sayyora, yulduz va galaktika, shuningdek, kosmik kemalar harakatiga razm soling. Bu harakatlar va harakat qilayotgan jismlar bir-biriga sira o‘xshamaydi. Ularga ta’sir etuvchi kuchlar ham 95 IV bob. Harakat qonunlari turlicha. Biroq bu harakatlarning va harakatda ishtirok etayotgan jismlarning hamma-hammasini shu oddiygina ko‘ringan qonunlar asosida ifodalash mumkin. Umuman olganda, Nyuton qonunlari mexanikaning har qanday masalasini hal etishga imkon beradi. Agar jismga qo‘yilgan kuch ma’lum bo‘lsa, jismning istalgan paytdagi, trayektoriyaning istalgan nuqtasidagi tezlanishini topish mumkin. Nyuton qonunlari, shuningdek, jismning harakati, ya’ni uning istalgan paytdagi vaziyati ma’lum bo‘lsa, jismga qanday kuch ta’sir etayotganligini aniqlash imkonini beradi. IV BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR 1. Massasi 2 kg bo‘lgan jism yerga erkin tushmoqda. Jismga ta’sir etayotgan kuchni toping. g = 10 m/s 2 deb oling. 2. Massasi 200 g bo‘lgan aravacha 0,5 m/s 2 tezlanish bilan harakatlanishi uchun unga qanday kattalikda o‘zgarmas kuch bilan ta’sir etish kerak? 3. Temir yo‘lda turgan vagonni 2 kN kuch bilan itarganda, u 0,1 m/s 2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Vagon massasini toping. 4. Tinch holatda turgan 0,5 kg massali jism o‘zgarmas kuch ta’sirida harakatlanib, 5 s da 20 m yurdi. Jismga ta’sir etayotgan kuch kattaligini toping. 5. Tekis gorizontal sirtda 100 g massali po‘lat sharcha turibdi. Agar sharcha gorizontal holatda 50 mN kuch bilan turtib yuborilsa, u qanday tezlanish oladi? 6. Tekis gorizontal sirtda turgan aravachaga 4 N o‘zgarmas kuch bilan ta’sir etilganda, u 2 m/s 2 tezlanish oldi. Agar unga 6 N kuch bilan ta’sir etilsa, u qanday tezlanish oladi? 7. 6-masala sharti bo‘yicha har ikkala hol uchun aravachaning 1 s davomida olgan tezliklarini toping. 8. Massasi 2 000 kg bo‘lgan avtomobil 0,8 m/s 2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Motor avtomobilni qanday kuch bilan harakatga keltirmoqda? Ishqalanish kuchlari hisobga olinmasin. 9. Bir-biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan 0,5 kg va 1,5 kg massali ikkita jism to‘qnashdi va ikkalasi ham to‘xtab qoldi. Agar to‘qnashgunga qadar birinchi jism 6 m/s tezlikda harakatlangan bo‘lsa, ikkinchi jism qanday tezlikda harakatlangan? 10. Traktor tirkamani 10 kN kuch bilan tortganda, unga 0,5 m/s 2 tezlanish beradi. Tortish kuchi 30 kN bo‘lgan boshqa traktor shu tirkamaga qanday tezlanish beradi? 11. Massasi 80 t bo‘lgan reaktiv samolyot dvigatellarining tortish kuchi 120 kN bo‘lsa, samolyot tezlik olishda qanday tezlanish bilan harakatlanadi? 96 Dinamika asoslari 12. Massasi 0,4 kg bo‘lgan to‘pga 0,01 s davomida zarb berilganda, u 20 m/s tezlik oldi. To‘p qanday kuch bilan tepilgan? 13. 25 sm uzunlikdagi ipga bog‘langan 100 g massali sharcha aylana bo‘ylab sekundiga 2 marta aylanmoqda. Sharchaga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuchni va markazga intilma tezlanishni toping. 14. 13-masala shartidagi sharcha sekundiga 4 marta aylantirilsa, markazdan qochma kuch va markazga intilma tezlanish necha marta ortadi yoki kamayadi? 15. 1 m uzunlikdagi ipga bog‘langan jism har sekundda 1 marta aylanmoqda. Jismga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 10 N bo‘lishi uchun jismning massasi qancha bo‘lishi kerak? 16. Loyli yo‘lda botib qolgan avtomobil g‘ildiragidan 10 m/s tezlikda loy parchalari otilmoqda. Agar avtomobil g‘ildiragining diametri 1 m, otilayotgan loy parchalarining o‘rtacha massasi 5 g bo‘lsa, loy parchalari qanday kuch bilan otilmoqda? 17. Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi massasi qancha bo‘ladi? Bunda mototsikl qanday markazga intilma tezlanish oladi? 18. 2 N kuch ta’sirida 10 sm ga uzaygan rezinaning bikirligini toping. 19. Prujinali taroziga 1 kg yuk osilganda uning prujinasi 8 sm ga uzaygan. Prujinaning bikirligini toping. Ushbu va keyingi tegishli mashqlarda g = 10 m/s 2 deb olinsin. 20. Bikirligi 60 N/m bo‘lgan prujinaga yuk osilganda, u 5 sm ga uzaydi. Prujinaga osilgan yuk massasini toping. 21. Bikirligi 10 N/m bo‘lgan rezinaga 60 g yuk osilganda, u qanchaga uzayadi? 22. Bir tomoni birlashtirilgan uzunliklari bir xil ikkita prujina bo‘sh uchlaridan ushlab tortildi. Bunda bikirligi 120 N/m bo‘lgan prujina 4 sm ga uzaydi. Ikkinchi prujina 3 sm ga uzaygan bo‘lsa, uning bikirligi qancha bo‘ladi? 23. Massasi 1200 kg bo‘lgan avtomobilni 0,3 m/s 2 tezlanish bilan shatakka olganda, bikirligi 40 kN/m bo‘lgan trosning qanchaga cho‘zilishini toping. Ishqalanish kuchini hisobga olmang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling