I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
V bob.
TASHQI KUCHLAR TA’SIRIDA JISMLARNING HARAKATI 26-§. BUTUN OLAM TORTISHISH QONUNI Oy va boshqa sayyoralar aylana bo‘ylab deyarli doimiy tezlikda harakat qiladi. Har qanday jism aylanma harakat qilishi uchun unga doimiy kuch ta’sir etib turishi kerak. Agar sayyoralarga bunday kuch ta’sir etmasa, ular to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilishgan bo‘lar edi. Endi dinamika qonunlarini qo‘llab, Oyning Yer atrofida aylanishini ko‘rib chiqaylik. Oy faqat doimiy kuch ta’siridagina aylanma harakat qiladi. Bu kuch Yer tortish kuchi bo‘lib, u Nyutonning II qonuniga asosan: |F| = m|a| formula bilan aniqlanadi, ya’ni Oy massasi m qancha katta bo‘lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo‘ladi: |F| ~ m. Nyutonning III qonunidagi aks ta’sirga ko‘ra, Oy ham Yerni shunday kuch bilan tortadi: |F| = M|a|, ya’ni Yer massasi M qancha katta bo‘lsa, tortishish kuchi ham shuncha katta bo‘ladi: |F| ~ M. Agar tortishish kuchi F ham jism massasi m ga, ham Yer massasi M ga proporsional bo‘lsa, demak, bu kuch ularning ko‘paytmasiga ham propor- sionaldir: | F | ~ mM. (1) Shu bilan birga, Yer markazidan Yer yuzigacha bo‘lgan masofa Yer markazidan Oygacha bo‘lgan masofadan 60 marta kichik. Jismning Yer ustidagi markazga intilma kuchi esa Oyning orbita bo‘yicha harakatidagi markazga intilma kuchidan 3600 marta katta, ya’ni: |F| ~ 1/r 2 . (2). (1) va (2) bog‘lanishlarni umumlashtirib yozsak: | F | ~ mM/r 2 yoki: |F| = G mM r 2 , (3) bunda G – proporsionallik koeffitsiyenti. Nyuton tortishish kuchining bunday tabiati faqat Yer bilan Oy orasidagi tor- tishishgagina emas, balki Quyosh bilan Yer (88-rasm), boshqa sayyoralar bilan 4 – Fizika 7. 98 Dinamika asoslari Quyosh, atrofimizdagi jismlar bilan Yer orasidagi tortishishga ham tegishli ekanligini kashf etdi. Uning xulosasiga asosan, olamdagi jismlarning o‘zaro tortishish kuchi quyidagicha aniqlanadi: F = G m 1 m 2 r 2 , (4) bunda m 1 , m 2 – ta’sirlashishayotgan jismlar massa- lari, r – ular orasidagi masofa (massalar marka- zidan o‘lchanadi), G – proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, u gravitatsiya doimiylik deb ataladi. (4) for- mulada F gra vi tatsiya tortish kuchini ifodalaydi. Bu qonun olamdagi barcha jismlar o‘rtasidagi o‘za- ro torti shish kuchini ifodalagani uchun, u Butun olam tortishish qonuni deb ataladi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling