I bob mikroelementlarning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati
Oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi
Download 36.86 Kb.
|
mikroelementlarning o\'simliklar hayotidagi ahamiyati
1.2 Oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi
Hozirgi kunga kelib, o’simliklar tarkibida kimyoviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo’lib, shulardan 16 tasi o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O’simlik quritilib tekshirilganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo’lib, bu 4 ta element o’simlik tarkibidagi kimyoviy moddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo’lib, atiga 5% ni tashkil etadi. O’simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi. O’simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan yaqqol ko’rish mumkin. 1 gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg. Mikroelementlar - organizm, oʻgʻit, rudalarda kam miqdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, kushlar va hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradi, qoramollarda koʻpayib ketsa, molibdenoz kasalligi paydo boʻladi. Tishni baquvvat qiladi, qon hosil qilish va immunitet reaksiyalariga, skeletning rivojlanishiga yordam beradi, koʻpayib ketganda flyuoroz paydo boʻladi. Qon hosil qilish jarayoni, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi; yetishmaganida hayvonlarning boʻyi oʻsmaydi va bolalashi kamayadi massasi 0,001% gacha) uchraydigan ki-myoviy elementlar. Tuproq va togʻ jinslari, suv tarkibidagi ayrim makroele-mentlar koʻpchilik hayvonlar, oʻsimliklar va odam uchun MIKROELEMENTLAR hisoblanadi. Organizmda MIKROELEMENTLAR xilma-xil biologik faol birikmalar: fermentlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa tarkibiga kiradi. Bu MIKROELEMENTLAR taʼsiri, asosan, organizmda moddalar almashinuvi jarayonlari faolligining oʻzgarishida namoyon boʻladi. Baʼzan MIKROELEMENTLAR organizmlarning oʻsishi, qon hosil qilishi, toʻqimalar orqali nafas olish jarayonlari, hujayralar ichi moddalar almashinuvi va h.k.ga taʼsir koʻrsatadi. Tuproqda MIKROELEMENTLAR kam yoki koʻp boʻlsa, oʻsimlik va hayvonlar organizmida MIKROELEMENTLAR yetishmovchiligi yoki ortiqligi payqaladi. Chorva mollarining mahsuldorligini oshirish uchun mol ozigʻiga MIKROELEMENTLAR qoʻshib beriladi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan iborat oziq-ovqat odam organizmiga kiradigan MIKROELEMENTLAR ning asosiy manbaidir. Ichiladigan suv odam organizmining yod, mis, rux, marganets, kobalt kabi MIKROELEMENTLAR ga boʻlgan sutkalik ehtiyojining faqat 1 — 10% ini taʼminlaydi. MIKROELEMENTLAR organizmda bir xil tarqalmaydi. Ularning biror organda koʻp toʻplanishi elementning fiziologik roli va shu organning oʻziga xos faoliyatiga bogʻliq (mas, jinsiy bezlarda Zn koʻp toʻplanadi va ularning funksiyasiga taʼsir etadi); baʼzi hollarda MIKROELEMENTLAR ning organlar funksiyasiga taʼsir etishi toʻplanish joyiga bogʻliq boʻlmaydi. Odam organizmida koʻpchilik MIKROELEMENTLAR (Al, Ti, Cl, Pb, F, Sr, Ni) miqdori yoshga qarab orta boradi. Oʻsish, rivojlanish davrida MIKROELEMENTLAR miqsori tez ortib, 15—20 yoshga yetganda kamayadi yoki toʻxtaydi. MIKROELEMENTLAR organizm hayot faoliyati uchun muhim boʻlish-boʻlmasligiga koʻra, zarur (Co, Fe, Cu, Zn, Mn, I, F, Br) va unchalik zarur boʻlmagan (Al, Sr, Mo, Se, Ni) turlarga boʻlinadi. Klinik tibbiyotda So, Fe, Cu kabi MIKROELEMENTLAR ning preparatlari anemiyaning baʼzi turlarini davolashda, Vg va I farmakologik moddalar sifatida qoʻllanadi. MIKROELEMENTLAR gigiyenada muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda (mas, endemik buqoqning oddini olishda tuz va nonni yodlash, tish chirishiga karshi suvni ftorlash va h.k.). MIKROELEMENTLAR tanqisligiga qarshi kurashish maqsadida, shuningdek, tibbiyotda So preparatlari (V12 vitamini)dan foydalaniladi, uy hayvonlariga mineral ozuqalar (So, Gʻ, I), oʻsimliklarga — mikrooʻgʻitlar beriladi (455-6.dagi jadvalga q.). Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o’simlik organizmining 100000 dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular mikroelementlar deb atalgan. Tuproqda va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa “sxotka” kasalligini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning yungi to’kila boshlaydi. Tuproqda mis bo’lmaganda esa, qo’y va qora mollarning kasallanishi, o’simliklarning hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o’g’it sifatida tuproqqa solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, larning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi. Download 36.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling