I bob mikroelementlarning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati


Kurs ishimning dolzarbligi


Download 36.86 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi36.86 Kb.
#1649470
1   2   3   4   5
Bog'liq
mikroelementlarning o\'simliklar hayotidagi ahamiyati

Kurs ishimning dolzarbligi shundan iboratki kassalikka sabab bo’ladigan zamburug’larni aniqlash hamda shu zamburug’larga chidamli o’simliklarni ishlab chiqish.

I BOB MIKROELEMENTLARNING OʻSIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI
1.1 Mikroelementlar toʻgʻrisidagi fanning rivojlanishi
Mikroelementlarning yetishmasligi o’simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikroo’g’itlardan foydalanish kasallikning oldini olibgina qolmay, balki ancha yuqori va sifatli hosil olishga olib keladi. Mikroelementlarning ijobiy ta’sir etishining asosiy sababi, ularning oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarda, azot almashinuvida qatnashishi o’simliklarning kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini oshirish bilan bog’liq bo’ladi. Mikroelementlar ta’siri natijasida barglarda xlorofillning miqdori oshadi, fotosintez kuchayadi, butun o’simlikning assimilyatsion faolligi oshadi.
Mikroelementlar, hatto ularning juda ozgina miqdori bo’lmagan taqdirda odam ham, hayvon ham, o’simlik ham yashay olmaydi. Qora mollar oziqasida kobaltning yetishmasligi hayvonlarda og’ir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Hammaga ma’lum bo’lgan bo’qoq kasali odam va hayvon organizmida yod yetishmaganida, ya’ni tuproq va suvda uning miqdori 0,00001 foizdan kam bo’lganida yuz beradi. Rux miqdori yetarli bo’lmagan tuproqda o’sgan o’simlik barglari ola-bula rangga kirib qoladi. Tuproqlarda mis, temir magniy, bor, marganes va boshqa kimyoviy elementlarbirikmalarining yetishmasligi ham o’simliklarning kasallanishiga sabab bo’ladi. Biroq mis, rux va nikel konlari mavjud bo’lgan hududlarda (Janubiy Ural) ham o’simliklar kasallanadi. Atrof-muhitda ba’zi bir kimyoviy elementlar miqdorining oshib ketishi natijasida ham, o’simlik va hayvonlar har xil kasalliklarga chalinishi mumkin ekan. Masalan, ichiladigan suvda ftor miqdori 0,00005% dan ortib ketsa, odam va hayvon tishining emal qavati olabula dog’lar bilan qoplanadi, suyakda fiyuoroz kasali paydo bo’ladi.
Mikroelementlar - organizm, oʻgʻit, rudalarda kam miqdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, kushlar va hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradi, qoramollarda koʻpayib ketsa, molibdenoz kasalligi paydo boʻladi. Tishni baquvvat qiladi, qon hosil qilish va immunitet reaksiyalariga, skeletning rivojlanishiga yordam beradi, koʻpayib ketganda flyuoroz paydo boʻladi. Qon hosil qilish jarayoni, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi; yetishmaganida hayvonlarning boʻyi oʻsmaydi va bolalashi kamayadi massasi 0,001% gacha) uchraydigan ki-myoviy elementlar. Tuproq va togʻ jinslari, suv tarkibidagi ayrim makroele-mentlar koʻpchilik hayvonlar, oʻsimliklar va odam uchun MIKROELEMENTLAR hisoblanadi.
Organizmda MIKROELEMENTLAR xilma-xil biologik faol birikmalar: fermentlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa tarkibiga kiradi. Bu MIKROELEMENTLAR taʼsiri, asosan, organizmda moddalar almashinuvi jarayonlari faolligining oʻzgarishida namoyon boʻladi. Baʼzan MIKROELEMENTLAR organizmlarning oʻsishi, qon hosil qilishi, toʻqimalar orqali nafas olish jarayonlari, hujayralar ichi moddalar almashinuvi va h.k.ga taʼsir koʻrsatadi.
Tuproqda MIKROELEMENTLAR kam yoki koʻp boʻlsa, oʻsimlik va hayvonlar organizmida MIKROELEMENTLAR yetishmovchiligi yoki ortiqligi payqaladi.
Chorva mollarining mahsuldorligini oshirish uchun mol ozigʻiga MIKROELEMENTLAR qoʻshib beriladi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan iborat oziq-ovqat odam organizmiga kiradigan MIKROELEMENTLAR ning asosiy manbaidir. Ichiladigan suv odam organizmining yod, mis, rux, marganets, kobalt kabi MIKROELEMENTLAR ga boʻlgan sutkalik ehtiyojining faqat 1 — 10% ini taʼminlaydi.
MIKROELEMENTLAR organizmda bir xil tarqalmaydi. Ularning biror organda koʻp toʻplanishi elementning fiziologik roli va shu organning oʻziga xos faoliyatiga bogʻliq (mas, jinsiy bezlarda Zn koʻp toʻplanadi va ularning funksiyasiga taʼsir etadi); baʼzi hollarda MIKROELEMENTLAR ning organlar funksiyasiga taʼsir etishi toʻplanish joyiga bogʻliq boʻlmaydi. Odam organizmida koʻpchilik MIKROELEMENTLAR (Al, Ti, Cl, Pb, F, Sr, Ni) miqdori yoshga qarab orta boradi. Oʻsish, rivojlanish davrida MIKROELEMENTLAR miqsori tez ortib, 15—20 yoshga yetganda kamayadi yoki toʻxtaydi. MIKROELEMENTLAR organizm hayot faoliyati uchun muhim boʻlish-boʻlmasligiga koʻra, zarur (Co, Fe, Cu, Zn, Mn, I, F, Br) va unchalik zarur boʻlmagan (Al, Sr, Mo, Se, Ni) turlarga boʻlinadi.
Klinik tibbiyotda So, Fe, Cu kabi MIKROELEMENTLAR ning preparatlari anemiyaning baʼzi turlarini davolashda, Vg va I farmakologik moddalar sifatida qoʻllanadi. MIKROELEMENTLAR gigiyenada muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda (mas, endemik buqoqning oddini olishda tuz va nonni yodlash, tish chirishiga karshi suvni ftorlash va h.k.).
MIKROELEMENTLAR tanqisligiga qarshi kurashish maqsadida, shuningdek, tibbiyotda So preparatlari (V12 vitamini)dan foydalaniladi, uy hayvonlariga mineral ozuqalar (So, Gʻ, I), oʻsimliklarga — mikrooʻgʻitlar beriladi (455-6.dagi jadvalga q.).
1872-yilning 29-yanvarida rus olimi K.A. Timiryazov Peterburg tabiatshunoslari majlisida “ O’simlik hayotida ruxning ehtimoliy ahamiyati” degan mavzuda so’zga chiqadi. Olim tarkibida temir tuzlari bo’lmagan eritmada o’stirilgan bir nechta tup makkajo’xori o’simligi ustida olib borilgan o’z tajribasini ta’riflaydi. Bunday muhitda o’simlik bargi so’lib, sarg’ayib qolgan. Shundan keyin Timiryazov bir o’simlik bargini temir tuzi eritmasi bilan, ikkinchi o’simlik bargini rux tuzi eritmasi bilan ho’llagan. Natijada eritmalarga tushirilgan har ikki yaproq ham yashil rangga bo’yalgan. Tajriba natijalari o’simlik hayotida rux va temirning rolinigina ko’rsatibgina qolmadi. Natijalar o’simlikka turli kimyoviy elementlarning zarurligini va bularning ozginagina miqdori o’simliklarning holatiga kuchli ta’sir etishini ko’rsatdi.
Mikroelementlar to’g’risidagi fan asta-sekin rivojlanib bordi. K.K. Gedroys mikroelementlarning ba’zi o’simliklarning hosilini oshirish xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. F.V. Chirikov bug’doy hosilini hatto 2—3 martaga ko’paytirishga erishdi.



Download 36.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling