Xorazm mintaqasidagi ekologik yo‘nalishlari va Xorazm milliy tabiiy bog‘i
5905
Xorazm viloyati va Janubiy Qoraqalpog'iston nafaqat tarixiy yodgorliklarga boyligi, balki tabiatning ko'plab qiziqarli tabiat joylari tufayli ham tashrif buyurishga arziydi. Amudaryo bo'yida siz noyob turdagi qirg'oq o'simligi - toqay o'rmonchalarini uchratishingiz mumkin. Toqay o'rmoni, yovvoyi cho'chqa, buhoro kiyiklari, jayron, tulki, shoqol, tolai quyon kabi ko'plab yovvoyi hayvonlar va ko'plab qush turlari uchun muhim yashash maskanidir. Ushbu hududda mintaqaning tarixiy va tabiiy yodgorliklari bo'ylab o‘tuvchi uchta ekoturizm yo‘nalishlari yaratilmoqda.
№ 1 Yo'nalish raqami Ekoturizm ob'ektlari
Birinchi yo‘nalish, Xiva tumanidagi “Eshonrovot” tabiiy suv omborining qirg‘og‘ida joylashgan “Qizilqum” lageridagi “Deshan-Qala” va “Ichan-Qala” tarixiy yodgorliklari, “Boltaboy oqsoqol”, “Valiko plyus” va “Qoraqum” xo‘jaliklarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Yangiariq tumanida 2400 gektar maydonda suv o‘z havzasiga ega bo‘lgan “Ulli Sho‘rko‘l” (“Xorazm dengizi”) dam olish zonasi, Bog‘ot tumanida “QALAJIQQAL’A OASIS ECOTURISM” ekoturizm fermasi, Urganch tumanida esa juda chiroyli “Urganch ELtur” ekozonasi joylashgan.
“Urganch El tur” ekozonasi, Xorazm viloyati, Urganch tumanida, Amudaryo bo‘yida joylashgan. Parkning maydoni, 26 gektarni tashkil etadi. Daryo bo‘yida siz o‘tovda yashashingiz, yozgi oshxona jihozlashingiz, baliq ovlashga borishingiz va shunchaki to‘qayzorning o‘rtasida hayratlanarli darajada go‘zal tabiat qo‘ynida dam olishingiz mumkin.
“Boltaboy oqsoqol” xo‘jaligi, “Eshonravot” tabiiy suv havzasi yoqasida joylashgan. U erda siz barcha qulayliklarga ega bo‘lgan o‘tovlar oromgohlarida dam olishingiz mumkin, shuningdek u yerda, zamonaviy jahon standartlariga to‘liq javob beradigan kichik mehmonxona, zamonaviy tennis korti, motorli va mexanik qayiqlar, skuterlar, katamaranlar ham mavjud. 200 gektarlik qumli qo‘riqxona bo‘ylab piyoda va tuyada sayohatlar uyushtiriladi.
“Qoraqum” fermasi, “Boltaboy oqsoqol” xo‘jaligiga tutash hududda joylashgan. Bu yerda, milliy uslubda bezalgan restorani bo‘lgan kemping maydoni mavjud. Ob’ekt shuningdek, o‘tovlar lageri, motorli va mexanik qayiqlar, skuterlar, katamaranlar bilan ham jihozlangan. Qadimgi Xivadagi Islom-Xoja minorasining nusxasi qurilgan bo‘lib, u yerdan hududning go‘zal ko‘rinishini tomosha qilishingiz mumkin.
“Valiko Plyus” ekoturizm fermasi, Xivadan atigi 12 km uzoqlikda joylashgan. Ekoturizm yo‘nalishlari fermaning 700 gektarlik tepaliklari bo‘ylab tashkil etilgan. 16 gektar maydonda baliqli yetishtiriladigan ko‘l mavjud. Sayyohlar baliq ovlashlari va yangi tutilgan baliqlardan milliy baliq taomlari tayyorlanishini kuzatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |