I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar


Download 196.92 Kb.
bet21/25
Sana17.06.2023
Hajmi196.92 Kb.
#1553020
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
durdona 2075

O‘simlik va hayvonot dunyosi
Qo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va dasht yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi.
Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi.
Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi.
Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.
Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay, hakka, qora qarg‘a, zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin. Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.

Ugam-Chotqol davlat milliy tabiiy parki


 5271
Bilasizmi, O‘zbekiston hududida YuNESKOning Butunjahon merosi Ro‘yxatiga kiritilgan noyob milliy bog‘ bor. Ushbu sayyoramizning haqiqiy mo‘jizasi bo‘lgan bog‘, o‘zining toza tabiati, ajoyib tabiiy diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari bilan har qanday kishini zavqlantiradi.
Ugam-Chotqol milliy bog‘i, 1990 yilda Toshkent viloyati hududida tashkil etilgan bo‘lib Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarini o‘z ichiga oladi. Bog‘ning maydoni 574 ming gektarni tashkil etadi.

2016 – yilda, YuNESKO ushbu bog‘ni tarkibiga muhtasham Chotqol tog‘lari ham kiradigan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligini e‘lon qildi. Bog‘ landshafti, asosan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalaridan tashkil topadi. Muhtasham tog‘lar, ko‘plab daralar va jarlarni shakllantiradi ularning orasidan esa, Pskem, Chotqol, Ugam va Ko‘ksuv kabi tog‘ daryolari oqib o‘tadi.
Eng baland Adelunga cho‘qqisi – Pskem tog‘ tizmasiga tegishli bo‘lib uning shimoliy-sharqiy qismida, dengiz sathidan 4301 m. balandlikda joylashgan. Qarama-qarshi tomonda esa, dengiz sathidan 4299 m. balandlikda joylashgan yana bir cho‘qqi – Beshtor joylashgan. Ular birgalikda faqat eng tajribali alpinistlargina ko‘tarila oladigan ikkita buyuk tog‘ni hosil qilishadi.

Milliy bog‘ hududida, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy ob’ekt sifatida qo‘riqlanadigan hudud mavjud. Ushbu park, o‘zining noyob tabiiy landshafti tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosiga, chiroyli sharshara va ko‘llariga, toshloq yerlar va manzarali vodiylardan o‘tuvchi sayyohlik so‘qmoqlariga juda boy.
Bog‘da, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, o‘simlik va hayvonot dunyosining holati ustidan qat’iy nazorat olib boriladi. Har yili, Chotqol biosfera qo‘riqxonasining xodimlari, ilmiy ekspeditsiyalar va konferensiyalar o‘tkazishadi, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi va tabiiy resurslarni saqlash borasida ham nazorat olib borishadi. Maxsus inspektorlar o‘simlik va hayvonlar, shu jumladan Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib borayotgan turlarning sonini nazorat qilib borishadi.

Bog‘da, biosferik tabiiy ekotizimlar majmuasi va genofond, alohida muhofaza qilinadigan hududlar joylashgan. Parkda yashovchi hayonlar orasida, qor barsi, menzbir sug‘uri, tyan-shan qo‘ng‘ir ayig‘i, qora laylak va boshqa ko‘plab noyob hayvonlar bor. Tog‘ daryolari bo‘ylari va daralarning yon bag‘irlarida zich o‘rmon o‘simliklari va archazorlarni ko‘rish mumkin.
Tog‘ etaklarida yovvoyi chakalakzorlar bilan birga ekilgan mevali bog‘lar ham uchraydi. Do‘lana, zarang, bodom, olcha daraxtlari ko‘pincha butali o‘simliklar - zirk, na’matak, uchqat va boshqalar bilan aralashib ketadi. Shuningdek tog‘ etaklari, masalan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘laridagi Oqsoqota tog‘larida yovvoyi olmazorlar va qayinzorlar ham uchraydi.

Bundan tashqari, bog‘ hududida arxeologik yodgorliklar ham mavjud. Masalan, Qorasov tog‘ida qoyalarga chizilgan qadimiy rasmlarini ko‘rish mumkin. Poltov, Obiraxmat, Xojikent, Qulbuloq, Pulutxon kabi ibtidoiy odamlar yashagan manzillar ham topilgan. Xarobalarda, qadimiy mehnat qurollari, idishlar, marosimli dafn joylari topilgan. Bunday yodgorliklar, hatto qirq ming yil oldin ham odamlar ushbu manzarali joylarda serhosil yaylovlar va buloq suvlaridan foydalanib yashashganliklarini ko‘rsatadi.

Download 196.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling