I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar


Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi


Download 196.92 Kb.
bet22/25
Sana17.06.2023
Hajmi196.92 Kb.
#1553020
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
durdona 2075

Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi


 6562
Kitob milliy geologik qo‘riqxonasi Kitob tumanida Zarafshon tizmasi tarmoqlarida joylashgan bo‘lib juda noyob tabiat yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu erga kelgan sayyohlar qadimgi dunyo tarixini ushlab ko‘rishlari, sayyoramizda hayot shakllanish jarayonini ko‘rishlari mumkin. Qo‘riqxonaning maydoni 3938 gektarni tashkil etadi. Mutlaq balandliklar 1300-2650 m.ni tashkil etadi. Rel’yefi o‘rta-tog‘li, keskin kesilgan, yuqori qismida qoyali va pastki qismida biroz tekis. Qo‘riqxonaning hududidan Obi-Safit, Xo‘ja-Qo‘rg‘on, Zinzilbon, Novobak, Qushnova soylari go‘zal tabiat burchaklari hosil qilib oqib o‘tadi. Kitob qo‘riqxonasi, 1979 yilda Yerning geologik tarixi uchun tabiiy-ilmiy ahamiyatga ega paleontologik va stratigrafik yodgorliklarini muhofaza qilish va ularni muntazam tarzda o‘rganish va muhofaza qilish hamda tabiatni muhofaza qilish g‘oyasini ommalashtirish maqsadida yaratilgan. Qo‘riqxonaning hududi paleozoyning dengiz cho‘kindi qatlamlaridan tashkil topgan. paleontologik va stratigrafik kesimlari, Qo‘riqxonaning asosiy qimmatli qismidir. Bular, tog‘ jinslari paydo bo‘lish jarayoni va ulardagi toshga aylangan organik shakllarni kuzatish imkonini beruvchi tog‘ jinslaridir. Organik qoldiqlarning ko‘pligi va xilma-xilligi, qo‘riqxona yotqiziqlarning yoshini aniqlash uchun juda qimmatlidir. Qo‘riqxonadagi toshlar va ularda saqlanib qolgan organik qoldiqlar sayyoramizning geologik tarixi, 470-330 million yil oldin sodir bo‘lgan voqealar haqida bizga ma’lumot beradi. Ushbu hayvonlarning qoldiqlari tog‘ jinslarida 18 guruh miqdorida saqlanib qolgan.
Kitob qo‘riqxonasining tirik tabiati ham boy va xilma-xildir. Uni o‘rganish va saqlab qolish bilan bog‘liq muammolar – biologlarning asosiy g‘amxo‘rligidir. Bu yerda tomirli o‘simliklar dunyosi vakillarining 800 turi mavjud bo‘lib shulardan 22 tasi O‘zbekistonning “Qizil Kitobi” ga kiritilgan. Ular orasida guruhlarinig holatini sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladigan yuqolib ketayotgan turlar ham bor. Qo‘riqxona o‘simliklar dunyosi vakillarining 19 turi, o‘simliklar dunyosining o‘ziga xos vakillaridir. Qo‘riqxonada, O‘zbekistonda uchraydigan dorivor o‘simliklarning 300 xili uchraydi. Hayvonot olami, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar turlarinin o‘z ichiga oladi. Qo‘riqxonada, kapalaklarning 80 dan ortiq turi aniqlanib, ulardan to‘rttasi “Qizil Kitob” ga kiritilgan. U yerda, umurtqali hayvonlarning 168 turi uchraydi, ularning 13 tasi O‘zbekistonning “Qizil Kitobi” ga kiritilgan va qattiq muhofaza ostiga olingan. Qo‘riqxonaning maxsus inspektsiyasi ularni qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi.

Kitob geologik qo‘riqxonasida go‘zal manzarali joylar juda ko‘p. Atrofi bo‘ylab “Xo‘ja Qo‘rg‘on” kesmalari joylashgan Xo‘ja Qo‘rg‘on darasi ham shular jumlasiga kiradi. Shovqinli, ko‘plab sharsharalardan iborat tog‘ daryosi bo‘ylab daraxt-butali va o‘tli o‘simliklarning deyarli barcha turlari o‘sib yotganini ko‘rish mumkin.
Qo‘riqxonaning dala bazasi, Xo‘ja Qo‘rg‘on soyining quyilish joyida, Shahrisabzdan 50 km. uzoqlikda joylashgan. Bu yerda, paleontologik va bilologik muzey, 150 kishiga mo‘ljallangan majlislar zalini o‘z ichiga olgan idora joylashgan. Ikki o‘rinlik xonalari bo‘lgan ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona ishlab turibdi qo‘riqxona xodimlari yashaydigan kottejlar mavjud.

Bu yerda sayyohlar uchun so‘qmoq va tomosha joylari jihozlangan. Qoyalarda 470 million yil avval paydo bo‘lgan qadimiy marjonlar va dengiz qoldiqlarini ko‘rish mumkin. Shunisi ajablanarliki, 140 million yillar avval bu yerda iliq dengiz havzasi joylashgan. Qo‘riqxonaning asosiy diqqatga sazovor joyi – tog‘lar va ularda saqlanib qolgan qadimiy hayot shakllarining paydo bo‘lish jarayoni tarixini yaqindan kuzatish imkoniyatidir. Shuningdek bu yerda muzey va paleontologiya muzeylari joyаlashgan.

Download 196.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling