I bob. Milliy bog’lar, qo’riqxonalar va alohida qo’riqlanadigan joylar haqida umumiy ma’lumot. O’zbekistondagi muhofazaga oilingan hududlar


Quyi – Amudaryo davlat biosfera rezervati


Download 196.92 Kb.
bet20/25
Sana17.06.2023
Hajmi196.92 Kb.
#1553020
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
durdona 2075

Quyi – Amudaryo davlat biosfera rezervati


 5391
O‘zbekistonda, ko‘plab biotsenoz va ekotizimlarni qamrab oluvchi ancha keng muhofaza ostidagi hududlar tarmog‘i mavjud. Mamlakatimizda, Quyi-Amudaryo rezervati bilan hisoblaganda 9 qo‘riqxona, 2 Milliy tabiat bog'i, noyob hayvonlarni ko‘paytirish bo‘yicha Respublika markazi (Jayron ekomarkazi), 12 ta davlat buyurtma qo‘riqxonasi mavjud. Muhofaza ostiga olingan hududlarning umumiy maydoni, 20520 km² ni (butun O‘zbekiston hududining 5% foizi) tashkil qiladi.
Hozirgi qo‘riqxona asosida dastlab 1939 yilda “Primorskiy qo‘riqxonasi” tashkil etildi, ammo u 1941 yilda tugatilib 1971 yilda “Baday-To‘qay” qo‘riqxonasi sifatida yana qayta tashkil etildi. Qo‘riqxonani rivojlantirishga O‘zbekistonda birinchi marta Buxoro kiyiklarini qayta iqlimlashtirish bilan shug‘ullangan qo‘riqxonaning birinchi direktori Viktor Pavlovich Lim, alohida hissa qo‘shgan. Uning ilmiy va amaliy faoliyati “O‘zbekiston hududida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish: tarix va zamonaviylik” monografiyasida va 70 dan ortiq ilmiy maqolalarida aks etgan.
2011 yilda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U Qoraqalpog‘iston hukumati, BMT Taraqqiyot dasturi va “To‘qayzorlarni saqlash va Qoraqalpog‘istondagi Amudaryo deltasida qo‘riqlanadigan hududlar tizimini mustahkamlash” Global ekologik fondi qo‘shma loyihasi doirasida yaratilgan. Rezervat, yovvoyi tabiatning qimmatli go‘shalarini saqlab qolish bilan birga mintaqaning iqtisodining barqaror rivojlanishiga ham yordam beradi. Biosfera rezervatining umumiy maydoni – 68717,8 gektar, shundan 11 568.3 gektari qattiq tartibda qo‘riqlanadigan qo‘riqxonadir; 6731.4 gektari bufer va 50 418.1 gektari oraliq zonani tashkil qiladi.

Rezervatning hayvonot va o‘simliklar olami juda boy. Rezervatda, uzun quloqli tipratikon, mitti ko‘rshapalak (нетопырь-карлик), tolay-quyoni (заяц-толай), qumsichqon, to‘qay chakalakzorlarida yashiringan shoqol va daraxtlar va butalar orasidagi bo‘rsiq yashaydi. Qo‘riqxonada, tuyoqlilarning ikki asosiy turi mavjud: yovvoyi cho‘chqa va Buxoro kiyigi (Qizil kitobga kiritilgan Xongul). Buxoro kiyiklari qo‘riqxonada qayta iqlimlashtirilgan. Ular, bir vaqtlar Amudaryo havzasi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan.
Quyi-Amudrayo davlat biosfera rezervati hududida, quyidagi madaniy-tarixiy meros ob’ektlari mavjud:

  • Chilpiq. Ziyorat inshooti e.a. II-IV - IX-XI asrlar.

  • Janpiq-qal’a. Qadimiy shahar e.a. IX-XI - XIII-XIV asrlar

  • Gyaur qal’a qadimiy shahri e.a. II – IV asrlar.

  • Janpiq-qal’a yaqinidagi signal minorasi (Qo‘yonchiq-soy) X- asr boshi XIII asrlar.

  • Sulton Vois Bobo maqbarasi e.a. XIV asr.

  • Qadimiy Qiyot shahri XII-XIV asrlar.

Mamlakatimizning janubi-sharqida, Amudaryo sohilida noyob to‘qay qo‘riqxonalari mavjud. Baday-To‘qay qo‘riqxonasi shular jumlasidandir. Ushbu hudud 70-yillarda Amudaryo sohilidagi to‘qay o‘rmonlarini muhofaza qilish va Buxoro bug‘ularining yashash joylarini tiklash uchun yaratilgan edi.
Baday-To‘qay qo‘riqxonasining maydoni 6462 gektarni tashkil etadi.

Download 196.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling